Difraksion panjara
Difraksion panjara - optik asbob; noshaffof ekranga qilingan koʻp sonli parallel tirqishlar yoki oʻzaro bir xil masofada joylashgan koʻzgusimon yoʻllar (shtrixlar) majmui; ularda yorugʻlik difraksiyasi xodisasi sodir boʻladi. Difraksion panjara oʻziga tushayotgan yorugʻlik nurlarini spektrlarga ajratadi. Difraksion panjaraning muntazam va nomuntazam xillari mavjud. Tirqishlari tartibsiz boʻlgan xili nomuntazam, tartib bilan joylashtirilgan xili muntazam difraksion panjara deyiladi. Optikada nomuntazam difraksion panjaraning amaliy ahamiyati yoʻq. Muntazam difraksion panjara yassi yoki sferik sirtga bir xil shaklda (teng oraliqda) chizilgan chiziqlar toʻplami boʻlib, chiziqlar oraligʻi d difraksion panjara davri deyiladi. Difraksion panjaraga tik tushayotgan yoruglik nurlari har qaysi tirqishda f burchakka sinadi, natijada nurlar yoʻli farqi d-simp hosil boʻladi. Baʼzi tabiiy kristallar ham rentgen nurlarini tahlil qilish uchun muntazam difraksion panjara sifatida ishlatiladi.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |