Kompakt-disk
Kompakt-disk — doimiy (oʻchmaydigan) tovush signallari (musiqa, qoʻshiq, matn va boshqalar) yozib olingan ixcham (koʻpincha diametri 120 mm) optik disk. Tovush dasturlari yozib olingan K-d. (optik rakamli gramplastinkalar) keng tarqalgan. Boʻlar optik (lazer) plastinka qoʻyish qurilmalari (proigrivatellar) yordamida qayta eshittiriladi. Odatda, tovush dasturining uzunligi (K-d.ning "oʻynash" vaqti) 1 soat. Sifat va qulaylik jihatidan K-d. oddiy gramplastinkadan ancha ustun turadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |