Yozef Fraungofer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yozef Fraungofer (Joseph Fraunhofer) (1787.6.3, Shtraubing 1826.7.6, Myunxen) — nemis fizigi. Bavariya FA aʼzosi (1823). Mustaqil maʼlumot olgan. Myunxen mat. va optika instituti direktori (1818 yildan), Myunxen universiteti prof. Asosiy ilmiy ishlari fizik optikaga oid. F. Quyosh va sayyoralarning spektrlarini oʻrgangan. Dispersiyani tadqiq qilishga, axromatik linza olishga muhim hissa qoʻshgan. Katta axromatik obʼyektivlar tayerlash texnologiyasini takomillashtirish, spektrometr, axromatik mikroskop, okulyar mikrometr va geliometrni ixtiro kilgan. Quyosh spektridagi qora chizikdar (fraungofer chiziqlari)ni birinchi boʻlib oʻrgangan, toʻlqin uzunligini oʻlchagan. Difraksion panjara ixtiro qilgan va uni parallel nurlar difraksiyasini tadqiq qilishda qoʻllagan.