Kamalak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamalak — 1) osmon gumbazida rangba-rang boʻlib koʻrinadigan yoy; yorugʻlikning atmosferadagi yomgʻir tomchilarida sinishi, qaytishi va difraksiyasi natijasida yuz beradi. Yomgʻir yogʻib oʻtgach, Quyoshga qarama-qarshi tomonda hosil boʻladi. Quyosh ufqqa qancha yaqin boʻlsa, Kamalak. shuncha katta koʻrinadi. Kamalak.ning burchak radiusi 42° ga teng , tashqi qismi qizil, ichki qismi binafsha rangda koʻzga tashlanadi; unda boshqa ranglar toʻlqin uzunligiga qarab joylashadi. Ayrim vaqtlarda atmosferada qoʻshaloq Kamals. ham kuzatiladi. Qoʻshimcha Kamalak. ichki qizil qismining burchak radiusi 50° ga teng . Baʼzan, atmosferada ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha kamalak hosil boʻlishi mumkin; ).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil