Litografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
litografiya

Litografiya (lito... va ...grafin) — bosma qolip tayyorlash uchun ohaktosh (litografik tosh), rux yoki alyuminiy varaqasidan foidalaniladigan tekis bosma usuli; shu usulda rassomlar tomonidan yaratiladigan grafika asarlari ham L. deb ataladi. Bunda yozuv yoki tasvir tosh sirtiga relyefsiz, L. tushi yoki kalami bilan tushiriladi. Tasvirning oraliq (probel) elementlariga azot kombinata (toshda) yoki fosfor kombinata (metallda) eritmasi hamda kolloid bilan ishlov beriladi, natijada bular boʻyoq olmaydi. Boʻyoq bilan qoplangan tasvir bevosita qogʻozga koʻchiriladi. L.ni 1798-yilda germaniyalik A. Zenefelder kashf qilgan. Shundan soʻng 1806-yilda Myunxenda, 1816-yilda Parijda, 1822-yilda Londonda dastlabki L. ustaxonalari tashkil qilingan. 20-asrning 30-yillaridan boshlab L. oʻrnini ofset bosma egallay boshladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil