Monoxromator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monoxromator (mono... va yun. hroma — rang), optikada — optik nurlanish (koʻrinadigan yorugʻlik, in-fraqizil yoki ultrabinafsha nurlar)ning murakkab spektridan toʻlqin uzunliklarining tor qismini ajratib beradigan asbob; spektrometr, spektrofotometr, spektrograf va boshqa asboblarning asosiy qismi. Kirish va chiqish kollimatorlari va disperelovchi (tarkatuvchi) tizim (prizma, difraksion panjara)aan iborat boʻladi. M. obʼyektivlari (kollimatorli va fokus lovchi) linzali yoki koʻzguli boʻlishi mumkin. Kirish va chikish kollimatorlari qoʻzgʻalmas qilinib, chiqayotgan nurlarning toʻlqin uzunligi 1 disperslovchi tizim va yordamchi koʻzgular yordamida oʻzgartiriladi. M.da yorugʻlik kirish kollimatori tirqishidan oʻtib, parallel nurlar hosil qiluvchi va dis-perelovchi elementga yuboruvchi obʼyektivga tushadi. Chikish kollimatorining fokal tekisligida nurlanish manbaining barcha toʻlqin uzunliklari 1 ga mos monoxromatik (bir rangli) tasvirlar toʻplami hosil boʻladi.

Nurlanish spektrining ultrabinafsha qismini ajratib beradigan M.da flyuorit (SaGʻ2), litiy ftorid (Li F) va kvars (SiO2) dan yasalgan dis-perelovchi prizmalar, yassi va botiq panjaralar qoʻllaniladi. Spektrning infraqizil sohasida ishlatiladigan. M.da sferik, parabolik koʻzgular, shisha va kvarssan yasalgan prizma va panjaralar qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil