Golografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Golografiya (yun. holos — butkul, toʻliq va ... grafil) — toʻlqinlar interferensiyasidan foydalanib buyumning fazoviy (hajmiy) tasvirini hosil qilish usuli. D. Gabor kashf etgan (1948), rus fizigi Yu.N. Denisyuk takomillashtirgan (1962). G. 60-y.larda lazer yaratilgandan keyin juda tez rivojlana boshladi. G. rangli va rangsiz (oq-qora) boʻladi. Gologramma hosil qilish uchun linza yoki yigʻuvchi koʻzgu ishlatiladi. G. yoki uning bir qismini yordamchi kogerent toʻlqin bilan nurlatib, buyumning tasvirini koʻrish mumkin. Buning uchun kogerent elektromagnit nurlar prizma yoki koʻzgu yordamida ikki nur dastasiga ajratiladi. Nur dastasining biri (asosiy nur) koʻzgu (prizma) ga, ikkinchisi (buyum nuri) esa buyumga yoʻnaltiriladi. Koʻzgu va buyumdan qaytgan nurlar fotoplastinkaga tushadi, unda gologramma hosil boʻladi. Gologramma asosiy nur bilan yoritilsa, buyum surati muallaq holda koʻrinadi (buyum suratini har tomondan koʻrish mumkin). Asosiy va buyumdan kaytgan nurlarning toʻlqin amplitudasi toʻlqinlar fazasiga ham bogʻliq. Asosiy nur fazasi fotoplastinka kengligida (bir qirrasidan ikkinchi qirrasigacha) tekis oʻzgaradi, chunki fotogotastinkaga tushgan toʻlqinlarning faza farqi buyumdan oʻtgan fazasiga bogʻliq. Buyumning har bir nuqtasidan qaytgan nurlar (toʻlqinlar)ning faza farqi buyum nuktalari oraligʻi yoki hajmi haqida maʼlumot beradi. Mas, .U va S’ manbalardan kelgan kogerent (monoxromatik) nurlar SS’ kesmani teng ikkiga boʻluvchi gorizontal tekislikka bir xil fazada keladi. Birbiriga tik nurlar dastasi qoʻshilishi natijasida hosil boʻlgan gologrammani asosiy nur i, bilan yoritilsa, ya2 nurning nusxasi i2’ koʻrinadi va, aksincha, gologramma p2 vertikal nur bilan yoritilsa, ya, koʻrinadi. Demak, gologramma asosiy nur bilan yoritilsa, nuqtalarning fazadagi haqiqiy oʻrni (bir-biridan uzoqligi) koʻrinadi. "Buyum nuri" yoʻnalishini oʻzgartirib, bitta fotoplastinkaga bir qancha gologrammani joylashtirish mumkin. G. fizika va texnikaning turli sohalarida, maʼlumotlarni kodlashda, akustikada, uch oʻlchovli kino va televideniyeda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil