Darvin Núñez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Darwin Núñez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Darwin Gabriel Núñez Ribeiro[1]
Tavallud sanasi 24-iyun 1999-yil (1999-06-24) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Artigas, Urugvay
Boʻyi 1.87 m[3]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpul
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
La Luz
San Miguel de Artigas
Peñarol
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2019 Peñarol 14 (4)
2019—2020 Almería 30 (16)
2020—2022 Benfika 57 (32)
2022— Liverpul 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Urugvay U20 14 (4)
2019 Urugvay U22 4 (1)
2019— Urugvay 11 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-iyun 2022 uchun)

Darvin Gabriel Núñez Ribeiro (1999-yil 24-iyunda tugʻilgan) — Urugvaylik professional futbolchi, Angliya Premyer ligasining "Liverpul" klubi va Urugvay milliyi terma jamoasi hujumchisi sifatida toʻp suradi.

Nunez 2017-yilda Penyarolning yoshlar akademiyasidan asosiy jamoaga koʻtarilgan. 2019-yil avgust oyida u Ispaniya Segunda divizionida oʻynovchi Almeriya jamoasiga rekord darajadagi summa evaziga transfer qilindi. "Benfika" uni 2020-yilda 24 million yevrolik rekord darajadagi transfer bilan oʻz safiga qoʻshib oldi, bu Portugaliya futboli tarixidagi eng qimmat transfer edi. „Benfika“ safidagi ikkinchi mavsumida 28 ta oʻyinda 26 ta gol urib, Primeiraning eng yaxshi toʻpurari uchun beriladigan Bola de Pratani qoʻlga kiritdi va Primeira Ligada yilning eng yaxshi jamoasi hamda Primeira Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2022-yilning iyun oyida „Liverpul“ Darvinni 75 million yevroga (64 milion funt sterling) xarid qildi.

Turli yosh darajasidagi termalarda Urugvay sharafini himoya qilgandan soʻng, Nunez ilk bor 2019-yil oktyabr oyida milliy terma safida xalqaro maydonga chaqirildi. U Peru terma jamoasiga qarshi debyutida gol urishga muvaffaq boʻldi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nunez Artigasda kambagʻal oilada tugʻilgan, otasi Bibiano Nunez quruvchi, onasi Silvia Ribeiro esa sut idishlari sotuvchisi boʻlgan. U 14 yoshida sobiq Urugvay terma jamoasi aʼzosi, skaut Xose Perdomo tushgunga qadar mahalliy "La Luz" va "San Migel" klublarida oʻynagan, soʻngra mustaqil ravishda poytaxt Montevideodagi "Penyarol" safiga qoʻshilgan[4][5].

Uy va oila sogʻinchidan koʻp aziyat chekkani sabab Núñez yaqinlari bilan vaqt oʻtkazish uchun ona shahriga keldi va bir yildan soʻng yana „Penyarol“ga qaytdi. 17 yoshida xochsimon bogʻlamidan jarohat oldi, bu esa uni bir yildan ortiq muddatga safdan chiqarib, ikkita operatsiyani boshdan kechirishiga toʻgʻri keldi[6]. Darvin jarohat olgani sabab katta akasi Junior ukasiga „sen mendan koʻra koʻproq mossan“ deb, oilani boqish uchun klubni tark etdi va futbolni tashladi[4][5].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peñarol[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2017-yil 22-noyabrda Primeradagi ilk debyutini oʻtkazdi. oʻshanda u „River Plate Montevideo“ga qarshi safarda 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinning ikkinchi boʻlimida Maxi Rodriguez oʻrniga almashtirilgandi[7]. Bir oy oʻtib u ikkinchi marta tizzasini operatsiya qildirdi[6].

Nunes professional futboldagi ilk golini 2018-yilning 13-oktabrida „Fenix“ ustodan 2:0 hisobida gʻalab qozonilgan oʻyinda kiritishga erishdi[8]. 2019-yilning 14-iyulida „Boston River“ga qarshi oʻyinda (4:0) xet-trik etdi[9].

Almeria[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 29-avgust kuni Ispaniya Segunda Divizioni aʼzosi Almeria Núñez bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[10], mish-mishlarga koʻra, transfer narxi klub uchun rekord hisoblangan 4,5 million AQSh dollari va qoʻshimcha 1,5 million dollar bonuslarni tashkil etgan[11]. U 3-oktyabr kuni „Sporting de Xixon“ga qarshi 4:2 hisobida magʻlubiyatli oʻyinda bahsning yarmidan maydonga tushib debyut qildi[12].

2019-yil 27-oktabrda Nunez oʻzining yangi klubi uchun debyut golini „Ekstremadura“ga qarshi oʻyinda (3:2) penaltidan kiritdi[13]. Futbolchi"Estadio de los Juegos Mediterráneos"dagi yagona mavsumini hamyurti Cristhian Stuani peshqadamlik qilgan toʻpurarlar roʻxatida 16 gol bilan toʻrtinchi oʻrin egasi sifatida yakunladi[14].

Benfika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-21: Portugaliyaga moslashish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 4-sentyabrda Nunez Portugaliyaning „Benfika“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi, klub hujumchi uchun rekord darajadagi 24 million yevro toʻlagan. Mazkur transfer, shuningdek, Almeriya va Segunda divizionining eng katta transferi boʻldi, undan tashqari Almeriya klubi kelgusi transferdan 20 foizini oldi[15]. Oradan 11 kun oʻtgach, PAOKga qarshi 2020/21 UEFA Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichida 2:1 hisobidagi magʻlub bilan yakunlangan oʻyinning 65-daqiqasida Pedrinho oʻrniga maydonga tushib, debyut qildi[16].

18-oktabr kuni Rio Ave ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyindagi uzatmalari bilan u ligadagi dastlabki toʻrtta oʻyinida beshta golli uzatmani amalga oshirib, ligadagi eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi[17]. 22-oktyabr kuni UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichining 2020-21-yilgi mavsumida mehmonda Lex Poznanga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda xet-trik bilan klub safidagi ilk gollarini kiritdi[18]. Toʻrt kundan soʻng u oʻzining Primeira Ligadagi birinchi golini B SAD ustidan 2:0 hisobida zafar quchilgan oʻyinda urishga muvaffaq boʻldi[19].

3-dekabr kuni, COVID-19 sabab uch haftalik tanaffusdan soʻng[20] u Yevropa Ligasi guruh bosqichida Lex Poznanga qarshi4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda maydonga qaytdi va „Benfika“ning ikkinchi golini mualliflik qildi[21]. Darvin mavsum boʻyi virus taʼsiri va turli jarohatlar bilan kurashib, toʻrt oy davomida gol ura olmadi[22]. U ligada oltita gol va oʻnta golli uzatmani (bu ligadagi ikkinchi eng yaxshi natija edi) amalga oshirib, „Benfika“ chempionatda uchinchi oʻrinni egallashiga va Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichiga yoʻl olishiga yordam berdi[23].

2021-22: Yutuq va „Bola de Prata“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nunez 2021-yil „Benfika“ libosida.

2021-yilning may oyida Nunez oʻng tizzasidan olgan jarohat operatsiyasi natijasida „Benfika“ning yangi mavsumdagi ilk oylarini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi[24]. U 21-avgust kuni jarohatidan forigʻ boʻlib qaytdi va safarda Gil Vicente ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsning 72-daqiqada Evertonning oʻrniga maydonga tushib, sariq kartochka oldi[25]. Primeira doirasida Santa Klara va Boavistaga qarshi oʻyinlardan soʻng u liganida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi va oyning eng yaxshi hujumchisi deb topildi[26]. 29-sentyabr kuni u UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk dublini oʻz uyida "Barselona" ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi va uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[27].

27-fevral kuni Nunez oʻzining „Benfika“ safidagi chempionatdagi 20-golini „Vitoria de Gimaras“ga qarshi oʻyinda (3:0) urgan[28]. 15-mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob oʻyinida u „Ayaks“ ustidan mehmonda yagona gʻalaba golini kiritib, umumiy 3:2 hisobidagi gʻalabani taʼminladi[29]. 9-aprel sanasida B-SADga qarshi 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda mavsumdagi uchinchi xet-trikini qayd etib, gollari sonini 31 taga yetkazdi[30]. U 2021-22 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida "Liverpul" darvozasiga ikkita gol urdi: biri birinchi oʻyinda, ikkinchisi javob oʻyinida; uning jamoasi esa umumiy 6:4 hisobida magʻlub boʻldi. Chempionat davomida kiritilgan olti goli uni „Benfika“ning Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurariga aylantirdi va Nuno Gomesning 1998—1999-yilgi mavsumda oʻrnatilgan beshta golli rekordini ortda qoldird[31].

U primeria liga mavsumini 28 oʻyinida 26 gol bilan yakunladi, Primeiraning eng yaxshi toʻpurari sifatida Bola de Prata (Kumush toʻp) mukofotiga sazovor boʻldi, yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi va yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[32][33].

Liverpul[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 13-iyun kuni „Benfika“ APL jamoasi "Liverpul" bilan Nunezning transferi boʻyicha 75 million yevro va qoʻshimcha 25 million yevro evaziga kelishuvga erishdi[34]. Ertasi kuni klub 64 million funt sterlingga shartnomani tasdiqladi, qoʻshimchalar keyinchalik toʻlovni 85 million funtga oshirishi mumkin, bu esa uni „Liverpul“ning rekord transferiga aylantirishi mumkin[35].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nunez Urugvay yoshlar terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida 2019-yilgi Janubiy Amerika U-20 chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan[36].

Nunez, shuningdek, 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etdi, u birinchi oʻyinda Norvegiyaga (3:1) va guruhning soʻnggi oʻyinida Yangi Zelandiyaga (2:0) dastlabki gollarni urib, Urugvayning guruhda peshqadamlikni egallashiga yordam berdi. Uning jamoasi 1/8 finalda Ekvadorga qarshi oʻyinda 1:3 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng turnirdan chiqib ketdi[37].

Nunez, Peruda boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlari 2019da mezbonlar ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan 22 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida ham bor edi[38].

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nunez 2019-yil sentabrida Kosta-Rika va AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun kattalar jamoasiga chaqirilgan edi.16-oktyabr kuni Peru bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan boshqa bir nazorat oʻyinining 75-daqiqasida Brian Lozanon oʻrniga maydonga tushdi va besh daqiqadan soʻng milliy terma safidagi debyut golini urdi[39].

2021-yil iyun oyida Nunez 2021-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan Copa America (Amerika Kubogi) uchun Urugvay terma jamoasining 26 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi. Oʻng tizzasidan olingan jarohat tufayli u ikki oyga safdan chiqdi va turnirni oʻtkazib yubordi[40][41].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nunez va uning jufti Lorena Manyas 2022-yil yanvar oyida birinchi farzandlari (uning ham ismi Darvin) dunyoga kelganini eʼlon qilishdi[42].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

7-may, 2022 holatiga ko'ra[43]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Kontinental Boshqa Jami
Chempionat Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Peñarol 2017 yil Urugvay Primerasi 1 0 0 0 0 0 1 0
2018 10 1 2 0 1 0 13 1
2019 3 3 5 0 0 0 8 3
Jami 14 4 0 0 0 0 7 0 1 0 22 4
Almeria 2019-20 Segunda divizioni 30 16 0 0 2 0 32 16
Benfika 2020-21 Primera Liga 29 6 4 3 2 0 8 5 1 0 44 14
2021-22 28 26 2 0 1 2 10 6 41 34
Jami 57 32 6 3 3 2 18 11 1 0 85 48
Karyera jami 101 52 6 3 3 2 25 11 4 0 139 68

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

5-iyun, 2022 holatiga ko'ra
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Urugvay 2019 1 1
2020 3 1
2021 yil 2 0
2022 5 0
Jami 11 2

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peñarol

  • Urugvay Primerasi: 2017, 2018

Benfika

  • Taça de Portugaliya 2-oʻrin: 2020-21
  • Taça da Liga 2-oʻrin: 2021-22

Individual

  • Cosme Damião mukofotlari — Yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021[44]
  • Primeira Ligada oyning eng yaxshi hujumchisi: 2021-yil sentyabr[45]
  • Primeira Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil sentyabr
  • Primeira Liganing yil jamoasi: 2021-22[33]
  • Primeira Liganing eng yaxshi futbolchisi : 2021-22[46]
  • SJPF oyning eng yaxshi futbolchisi : 2022-yil aprel[47]
  • Primera Liganing eng yaxshi toʻpurari : 2021-22[32]
  • CNID yilning eng yaxshi futbolchisi : 2022[48]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2019 FIFA U-20 World Cup Poland: List of Players: Uruguay“. FIFA. 2019-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
  2. „Darwin Núñez: Overview“. Premier League. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
  3. „Darwin Núñez“. S.L. Benfica. 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 Bysouth, Alex. „Darwin Nunez: Why Liverpool made Uruguay forward their potential record signing“. BBC Sport (14-iyun 2022-yil). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 „Darwin Núñez se fue al Almería: "voy a poder comprarle la casa a mis padres en Artigas"“ (ispancha). Subrayado (27-avgust 2019-yil). 7-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  6. 6,0 6,1 „Darwin Núñez: De estar a punto de "dejar de jugar" a un presente que promete en Peñarol“ (ispancha). Fútbol.com.uy (15-iyul 2019-yil). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Clausura: River Plate derrotó 2–1 a Peñarol en el Saroldi y le quitó el invicto“ (ispancha). Fútbol.com.uy (22-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
  8. „Clausura: Peñarol le ganó 2–0 a Fénix con goles de Darwin Núñez y Giovanni González“ (ispancha). Fútbol.com.uy (13-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
  9. „Peñarol le ganó 4–0 a Boston River por la primera fecha del Torneo Intermedio 2019“ (ispancha). Teledoce (14-iyul 2019-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
  10. „Darwin Núñez, un delantero de garantías para el nuevo proyecto“ (ispancha). UD Almería (29-avgust 2019-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
  11. „Última hora: la directiva de Peñarol aprueba la venta de Darwin al Almería“ (ispancha). La Voz de Almería (25-avgust 2019-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
  12. Gregorio, Paco. „El Sporting desarbola al Almería en El Molinón (4–2)“ (ispancha). Diario de Almería (3-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  13. Gregorio, Paco. „Darwin y Lazo sacan al Almería del bache (3–2)“ (ispancha). Diario de Almería (27-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  14. „Stuani, del Girona, 'Pichichi' con 29 goles“ (ispancha). Sport (21-iyul 2020-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2021-yil.
  15. „El Almería y el Benfica firman el traspaso definitivo de Darwin Núñez“. UD Almería. Qaraldi: 4-sentabr 2020-yil.
  16. Pereira, António Pedro. „PAOK 2–1 BENFICA. KO no jogo um“ (portugalcha). Diário de Notícias (15-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  17. „Waldschmidt. O rolo compressor alemão deixa Benfica mais líder“ (portugalcha). Diário de Noticias (2020-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 18-oktabr 2020-yil.
  18. „Darwin e mais 10!“ (portugalcha). S.L. Benfica. Qaraldi: 24-oktabr 2020-yil.
  19. „Benfica 2–0 Belenenses SAD: Seferovic e Darwin Nuñez carimbam quinta vitória em cinco jogos“ (portugalcha). SAPO (26-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2020-yil.
  20. „Darwin Núñez e Weigl estão infetados com covid-19“. Diário de Notícias (19-noyabr 2020-yil). 2022-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2020-yil.
  21. „Darwin de volta e direto ao onze do Benfica para o jogo com o Lech Poznan“ (portugalcha). Record (3-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2020-yil.
  22. „Darwin fintou a pobreza, as lesões e as críticas antes de brilhar na Champions“ (portugalcha). Diário de Noticias (2021-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 1-oktabr 2021-yil.
  23. „Benfica repete terceiro lugar no campeonato 12 anos depois“ (portugalcha). Notícias ao Minuto (2021-yil 17-may). Qaraldi: 17-may 2021-yil.
  24. „Benfica: Darwin Nuñez operado ao joelho“ (portugalcha). Mais Futebol. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  25. „Darwin assinalou dia em que voltou a vestir a camisola do Benfica“ (portugalcha). O Jogo. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  26. Oliveira, Diogo Cardoso. „Darwin Núñez, do Benfica, eleito melhor jogador do mês“ (portugalcha). Público (14-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2021-yil.
  27. UEFA.com. „Benfica-Barcelona | UEFA Champions League“. UEFA. Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.
  28. „Com dois de Darwin Núñez, Benfica vence o Vitória de Guimarães pelo Campeonato Português“. Terra.
  29. Roseiro, Bruno. „Benfica vence Ajax com golo de Darwin Núñez e está nos quartos da Champions – como aconteceu“ (portugalcha). Observador (15-mart 2022-yil). Qaraldi: 4-iyun 2022-yil.
  30. „Darwin fez hat-trick no Benfica-Belenenses. Veja os três golos“ (portugalcha). O Jogo (9-aprel 2022-yil). 2022-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2022-yil.
  31. „Darwin é o melhor marcador do Benfica numa edição da Champions“ (portugalcha). Mais Futebol (14-aprel 2022-yil). Qaraldi: 26-may 2022-yil.
  32. 32,0 32,1 „Darwin Núñez é o melhor marcador da Liga, Taremi em segundo“ (portugalcha). Mais Futebol (15-may 2022-yil). Qaraldi: 26-may 2022-yil.
  33. 33,0 33,1 „Liga Nos Team of the season“. A Bola. 2022-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  34. „Oficial: transferência de Darwin comunicada à CMVM“ (portugalcha). www.slbenfica.pt. Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.
  35. „Liverpool complete Nunez signing for initial £64m“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 14-iyun 2022-yil.
  36. „Uruguay sub 20: Fabián Coito confirmó el plantel para el Sudamericano de Chile 2019“ (ispancha). Fútbol.com.uy (19-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 4-iyun 2022-yil.
  37. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019 – Uruguay vs Ecuador“. FIFA. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  38. „Uruguay le ganó a Perú 2–0 en el debut por los Panamericanos“ (ispancha). Sport 890 (30-iyul 2019-yil). Qaraldi: 4-iyun 2022-yil.
  39. Sánchez, Guillermo. „El debut soñado de Darwin Núñez con Uruguay“ (ispancha). Marca (16-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2019-yil.
  40. „Plantel de Uruguay para la Copa América“ (ispancha). Uruguayan Football Association (2021-yil 10-iyun). Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  41. „Darwin Núñez sufre a la distance y acompaña a la seleccion desde las redes“ (ispancha). El Observador (18-iyun 2021-yil).
  42. „Futebolista do Benfica foi pai pela primera vez aos 22 anos (foto)“ (portugalcha). VIP (6-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
  43. Darvin Núñez Soccerway saytida
  44. „Darwin e Gonçalo Ramos Galardoados“ (portugalcha). A Bola (3-mart 2022-yil). 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  45. „Best of September/October 2020–21: Pedro Gonçalves and Gonçalo Ramos are the highlights of the month“. Liga Portugal. Qaraldi: 13-mart 2021-yil.
  46. „Darwin Nuñez eleito melhor jogador da época no campeonato“ (portugalcha). Rádio Renascença (5-iyul 2022-yil). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  47. „Darwin eleito jogador do mês pelo Sindicato“.
  48. „Sérgio Conceição e Darwin Núñez distinguidos pelo CNID“. SAPO Desporto.