Alisson Becker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alisson Becker
Becker 2018-yilda Brazilya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Álisson Ramsés Becker[1]
Tavallud sanasi 2-oktyabr 1992-yil (1992-10-02) (31 yosh)[2]
Tavallud joyi Novo Hamburgo, Brazilya
Boʻyi 1.93 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpool
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002-2013 Internacional
Xalqaro medallar

Alisson Becker (1992-yil 2-oktyabrda tugʻilgan), Alisson Becker yoki oddiygina Alisson nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Premyer-liga klubi „Liverpool“ va Braziliya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi[3]. Yakkama-yakka vaziyatlarda agressiv harakati va doimo oʻziga boʻlgan ishonchi tufayli u dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi[4]. U 2016-yil iyul oyida „Roma“ bilan shartnoma imzolagan va 2017-18-yilda A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan. 2018-yilning iyul oyida „Liverpool“ Bekkerni 66,8 million funt sterling (72,5 million yevro) evaziga sotib oladi va bu uni barcha davrlarning eng qimmat darvozaboniga aylantiradi[5]. „Liverpool“da Becker Premyer-liga, Angliya kubogi, EFL kubogi, UEFA Chempionlar Ligasi va FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori boʻldi. 2019-yilda u FIFAning eng yaxshi darvozaboni deb topildi va ilk Yashin kubogi sohibi ham boʻldi[6].

Becker 2015 yilda oʻzining katta xalqaro debyutini oʻtkazgunga qadar Braziliyaning turli yosh toifasidagi jamoalarida mamalakat sharafini himoya qilgan. U 2018 va 2022-yillarda FIFA Jahon chempionatida va 2016, 2019 va 2021-yillarda Copa Amerikada qatnashgan va 2019-yilgi turnirda gʻolib chiqqan va shu bilan birga u eng yaxshi darvozabon nomini ham olgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Internacional

Alison dastlab 2002-yilda Novo Hamburgo shahridagi „Internacional“ akademiyasiga qabul qilinadi. U 4 yil davomida muvaffaqqiyatli harakat qilgach,2016-yil Italiyaning Roma kulubi bilan shartnoma imzolaydi.

Roma

A.Bekker Italiya A seriyasining „Roma“ kulubiga oʻtishini 2016-yil iyul oyida yakunladi. U kulubdagi debyutini shu yilning 17-avgustida UEFA Chempionlar Ligasi „Portu“ga qarshi 1:1 hisobidagi durrang bilan boshlagan. U 2017-2018 yilgi Chempionlar ligasidagi oʻyinlari bilan esda qoldi."Liverpool"ga qarshi oʻyingacha „Olimpiko“ stadionida birorta ham gol oʻtkazib yubormadi.2018-yil 2-may kuni yarim finalda ular 4:2 hisobida gʻalaba qozonganiga qaramay, umumiy hisobda 7:6 hisobi bilan turnirdagi ishtirokini yakunlagan.

Liverpool

2018-yilning 19-iyul kuni „Liverpool“ Bekkerni sotib olganini tasdiqladi. U 12-avgust kuni „Liverpool“ safida debyut qildi va „Vest Xem Yunayted“ga qarshi oʻyinda 4:0 hisobi bilan oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.Avgust oyida Becker Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritildi va yakunda 2-oʻrinni egalladi. 2019-yilgi FA Community Shieldda „Manchester City“ga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durrangdan keyin penaltilar seriyasida 5:4 hisobi bilan „Manchester City“dan ustun keldi.21-dekabr kuni Becker 2019-yilgi FIFA kulublar oʻrtasidagi JCH finalida „Flamengo“ga qarshi kechgan bahsda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va ilk bor kulub ushbu kubokni qoʻlga kiritdi.2020-yil 20-sentabrda „Chelsi“ ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qoʻlga kiritildi. 2021-yilda „Liverpool“ Becker bilan 2027-yilning yozigacha moʻljallangan yangi shartnomani imzoladi.2022-yil 15-mayda Becker kulubi bilan Angliya kubogi sohibi boʻldi. 2022-yil 16-oktabrda Becker Muhammad Salohning „Manchester City“ga urgan goliga assistlik qildi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekkerning akasi Muriel ham darvozabon va u ham Internacional kulubidan yetishib chiqqan. Uning otasi tomondan oilasi nemis millatiga mansub boʻlsa, onasi tomondan esa portugal millatiga mansubdir. Alisson italyan, portugal va ingliz tillarida gaplasha oladi.2015-yilda braziliyalik shifokor Natalya Louga bilan turmush quradi. Ularning Xelena (2017-yil tugʻilgan) ismli qizi va Matteo (2019-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻli bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]