Dominik Szoboszlai
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dominik Szoboszlai[1] | ||
Tavallud sanasi | 25-oktyabr 2000-yil | ||
Tavallud joyi | Székesfehérvár, Vengriya | ||
Boʻyi | 1.86 m[2] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | RB Leipzig | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2006—2007 | Videoton | ||
2007—2015 | Főnix-GOLD | ||
2011 | → Újpest (ijara) | ||
2015—2016 | MTK Budapest | ||
2016—2017 | Liefering | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017—2018 | Liefering | 42 | (16) |
2018—2021 | Red Bull Salzburg | 56 | (16) |
2021— | RB Leipzig | 44 | (7) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2016—2017 | Vengriya 17 yoshgacha | 10 | (3) |
2016—2018 | Vengriya 19 yoshgacha | 5 | (2) |
2017—2018 | Vengriya 21 yoshgacha | 8 | (2) |
2019— | Vengriya | 28 | (6) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 12-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 20-noyabr uchun) |
Dominik Szoboszlai (vengercha talaffuzi: [ˈsoboslɒi]; 2000-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — vengriyalik professional futbolchi. U Bundesliganing RB Leipzig klubi va Vengriya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshlar tizimida futbol bilan shugʻullanib, Szoboszlai 2017-yilda Avstriyaning Liefering klubida, Red Bull Salzburgning zaxira jamoasida debyut qildi. 2018-yil yanvar oyida Szoboszlai ilk klubidagi debyutini amalga oshirdi va 2018—2019-yilgi mavsumda asosiy tarkibdagi futbolchiga aylandi. Uch mavsumdan soʻng, u klubiga uchta chempionat va ikkita ichki kubokni qoʻlga kiritishda yordam berdi. 2021-yil yanvar oyida Szoboszlai Red Bull Salzburg bilan hamkor boʻlgan RB Leipzig klubiga, 20 million yevro evaziga Germaniyaga koʻchib oʻtdi va bu shartnoma uni barcha davrlarning eng qimmat venger futbolchisiga aylantirdi.
Szoboszlai Vengriyani xalqaro miqyosda ham yoshlar, ham kattalar darajasida himoya qildi. U Euro 2020 saralash oʻyinida kattalar terma jamoasi safida debyut qildi va Islandiyaga qarshi pley-off oʻyinida soʻnggi daqiqada gol urib, mamlakatiga final bosqichiga yoʻl olishiga yordam berdi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liefering
[tahrir | manbasini tahrirlash]Szoboszlai 2017—2018-yilgi mavsumning 2017-yil 21-iyulida Liefering safida ikkinchi divizionda Kapfenbergga qarshi oʻynab, professional debyutini oʻtkazdi[3][4]. U birinchi professional golini 2017-yilning 4-avgustida Blau-Weis Linzga qarshi o‘yinda kiritdi[5].
Red Bull Salzburg
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017—2018-yilgi mavsumda Szoboszlai 2018-yilning 27-mayida Avstriya-Wienga qarshi o‘yinda debyut qilgan. U 57-daqiqada Enock Mwepu oʻrniga maydonga tushdi. Szoboszlai klub safidagi birinchi golini Avstriya kubogi doirasida SC Eglo Schwarzga qarshi 6:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi[6]. U birinchi ligadagi golini 2019-yilning 17-martida Wacker Innsbruck darvozasiga kiritdi[7]. 2019-yil 17-sentyabrda Szoboszlai Chempionlar ligasida debyut qildi va ushbu ligada Genkga qarshi o‘yinda (6:2) birinchi golini urdi[8].
2020-yil 10-iyun kuni Salzburg Sturm Graz ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozonganida Szoboszlai xet-trik qayd etdi[9]. U mavsumni 27 ta liga oʻyinida 9 ta gol hamda 14 ta golli uzatma bilan yakunladi va Avstriya futbolining yuqori toifasi Bundesligada 2019—2020-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[10].
RB Leipzig
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 17-dekabrda RB Leipzig Szoboszlai bilan 2025-yilning iyunigacha to‘rt yarim yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[11]. Szoboszlai 2021-yilning yanvarida klubda oʻynash huquqini oldi[11]. 20 million yevro shartnoma bahosi bilan Szoboszlai tarixdagi eng qimmat venger futbolchisiga aylandi[12]. Biroq u uzoq muddatli jarohati tufayli 2020—2021-yilgi mavsumda RB Leipzigning birorta uchrashuvida maydonga tusha olmadi[13]. Szoboszlai nihoyat 2021-yil 7-avgustda Germaniya kubogi doirasida SV Sandhausenga qarshi o‘yinda debyut qildi, u yerda 78-daqiqada maydonga tushdi va uch daqiqadan so‘ng gol urdi[14]. 20-avgust kuni u Bundesligadagi ilk ikkita golini VfB Stuttgartga qarshi oʻyinda (4:0) kiritdi[15]. 2022-yil 17-aprelda Szoboszlai Bundesliganing 2021—2022-yilgi mavsumining 30-oʻyin haftasida Bayer 04 Leverkusen va Leipzig oʻrtasidagi oʻyinda yagona golni urdi[16].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Szoboszlai 2017-yilda Xorvatiyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Vengriyaning 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi sardori boʻlgan, u ikkita gol urgan va jamoasi ushbu turnirda 6-oʻrinni egallagan. Szoboszlai, shuningdek, 2019-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati oʻyinlarida Vengriyaning 19 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasining sardori boʻlgan. U 2017-yilning 1-sentyabrida Vengriyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlganlar termasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Szoboszlai birinchi marta Vengriya terma jamoasiga Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va 2017-yil iyun oyida Andorraga qarshi Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi uchun chaqiruv oldi[17]. U 2019-yil 21-mart kuni Slovakiyaga qarshi Euro 2020 saralash o‘yinida 54-daqiqada László Kleinheislerga o‘rinbosar sifatida maydonga tushib, kattalar safida debyut qilgan[18]. Szoboszlai birinchi xalqaro golini xuddi shu raqib Slovakiyaga qarshi oʻsha UEFA Euro 2020 musobaqasida oʻz uyida jarima zarbasi orqali kiritdi.
Szoboszlai 2020—2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi B ligasida Turkiyaga qarshi oʻyinda yana bir jarima zarbasini amalga oshirdi va Vengriya Sivasda Turkiyaga qarshi mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[19].
UEFA Euro 2020 saralashi pley-off bosqichida Islandiyaga qarshi oʻyinda u soʻnggi daqiqalarda gʻalaba golini kiritib, Vengriyani Euro 2020ga olib chiqdi[20]. Dastlab Vengriya terma jamoasining UEFA Euro 2020 finali tarkibiga tanlangan bo‘lishiga qaramay, Szoboszlai 2021-yil 1-iyunda jarohat olib safdan chiqdi[21]. 2022-yil 4-iyunda u 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar A ligasi doirasida Vengriya Angliya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda penaltini aniq amalga oshirdi, bu Vengriyaning 1962-yil 31-maygi oʻyindan beri Angliyaga qarshi birinchi g‘alabasi edi[22].
Adam Szalai isteʼfoga chiqqanidan hamda Péter Gulacsi tuzalishi uzoq vaqt talab etadigan jarohat olganidan soʻng, terma jamoadagi jamoadoshlari va Marco Rossi Szoboszlaini terma jamoaning yangi sardori etib tayinlashdi[23]. Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik oʻyinidan soʻng Rossi M4 nashriga bergan intervyusida Szoboszlaini tez orada top futbolchiga aylanishi mumkinligini, shuning uchun u terma jamoa sardori etib saylanganini aytdi[24].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 12-noyabr holatiga koʻra[25]:
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Kontinental | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Liefering | 2017—2018 | 2. Liga | 33 | 10 | — | — | — | 33 | 10 | |||
2018—2019 | 9 | 6 | — | — | — | 9 | 6 | |||||
Jami | 42 | 16 | — | — | — | 42 | 16 | |||||
Red Bull Salzburg | 2017—2018 | Avstriya Bundesligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
2018—2019 | 16 | 3 | 3 | 2 | 1 | 0 | — | 20 | 5 | |||
2019—2020 | 27 | 9 | 6 | 2 | 7 | 1 | — | 40 | 12 | |||
2020—2021 | 12 | 4 | 2 | 1 | 8 | 4 | — | 22 | 9 | |||
Jami | 56 | 16 | 11 | 5 | 16 | 5 | — | 83 | 26 | |||
RB Leipzig | 2020—2021 | Bundesliga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
2021—2022 | 31 | 6 | 5 | 2 | 9 | 2 | — | 45 | 10 | |||
2022—2023 | 13 | 1 | 2 | 0 | 6 | 1 | 1 | 0 | 22 | 2 | ||
Jami | 44 | 7 | 7 | 2 | 15 | 3 | 1 | 0 | 67 | 12 | ||
Faoliyati jami | 142 | 39 | 18 | 7 | 31 | 8 | 1 | 0 | 192 | 54 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 20-noyabr holatiga koʻra[26]:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Vengriya | 2019-yil | 8 | 1 |
2020-yil | 4 | 2 | |
2021-yil | 6 | 2 | |
2022-yil | 10 | 1 | |
Jami | 28 | 6 |
- 2022-yil 4-iyun holatiga koʻra[26]:
- Ballar va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Vengriyaning gollari soni, ballar ustuni esa Szoboszlaining har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi .
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2019-yil 9-sentyabr | Groupama Arena, Budapesht, Vengriya | Slovakiya | 1-1 | 1-2 | UEFA Euro 2020 saralashi |
2 | 2020-yil 3-sentyabr | New Sivas 4 Eylul stadioni, Sivas, Turkiya | Turkiya | 1-0 | 1-0 | 2020—2021 UEFA Millatlar ligasi B |
3 | 2020-yil 12-noyabr | Puskas Arena, Budapesht, Vengriya | Islandiya | 2-1 | 2-1 | UEFA Euro 2020 saralashi |
4 | 2021-yil 12-noyabr | San Marino | 1-0 | 4-0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
5 | 3-0 | |||||
6 | 2022-yil 4-iyun | Angliya | 1-0 | 1-0 | 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi A |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Red Bull Salzburg
- Avstriya Bundesligasi: 2017—2018, 2018—2019, 2019—2020, 2020—2021
- Avstriya kubogi: 2018—2019, 2019—2020, 2020—2021
RB Leipzig
- DFB-Pokal: 2021—2022[27]
Individual
- Avstriya ikkinchi ligasining mavsumdagi eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2017—2018
- Avstriya Bundesligasining eng yaxshi futbolchisi: 2019—2020
- Vengriyada yilning eng yaxshi sportchisi: 2020
- Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil avgust, 2021-yil oktyabr, 2022-yil aprel
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bendeguz Bollaning Nemzeti Sport nashriga bergan intervyusida Szoboszlaining otasi Dominikni bolaligida golf toʻpi bilan tez-tez mashq qildirganini aytgan[28].
Szoboszlai boʻsh vaqtida FIFA oʻynab, anime tomosha qiladi[29]. 2022-yil 26-oktyabrda 50 Cent László Papp Budapest Sports Arenadagi kontsertida Szoboszlaining futbolkasini kiygan edi[30][31].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Szoboszlai Dominik“ [Dominik Szoboszlai] (hu). MLSZ adatbank. Qaraldi: 2022-yil 17-iyun.
- ↑ „Dominik Szoboszlai“. RB Leipzig. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
- ↑ „Ausztria: Szoboszlai gólpasszt adott, csapata nyert“ (hu). Nemzeti Sport (2017-yil 21-iyul).
- ↑ „Légiósok: a Salzburg új kihívás elé állította Szoboszlait“ (hu). NSO.hu (2017-yil 13-iyun).
- ↑ „Légiósok: megvan Szoboszlai első gólja a felnőttek között – videó“ (hu). Nemzeti Sport (2017-yil 4-avgust).
- ↑ „Légiósok: Szoboszlai megszerezte az első gólját a Salzburgban“ (hu). Nemzeti Sport (2018-yil 22-sentyabr).
- ↑ „Légiósok: Szoboszlai válogatott formában – kezdett és gólt lőtt!“ (hu). Nemzeti Sport (2019-yil 17-mart).
- ↑ „Videó: Szoboszlai góllal kezdte a Bajnokok Ligája-idényt!“ (hu). Nemzeti Sport (2019-yil 17-sentyabr).
- ↑ „Légiósok: Szoboszlai triplázott, a Salzburg öt gólig jutott a Sturm ellen“ (hu). Nemzeti Sport (2020-yil 10-iyun).
- ↑ „Légiósok: Szoboszlait választották meg az idény legjobbjának“ (hu). Nemzeti Sport (2020-yil 5-iyul).
- ↑ 11,0 11,1 „RasenBallsport Leipzig - Neuzugang-Szoboszlai“ (de). redbulls. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
- ↑ „Youngster Szoboszlai Becomes Most Expensive Hungarian Footballer Ever“ (en). Hungary Today (2020-yil 18-dekabr). 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
- ↑ „Unexpected news about Dominik Szoboszlai’s injury“. newsline.news (2021-yil 6-may). 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
- ↑ „Első tétmeccsén három perc alatt gólt rúgott Szoboszlai Dominik Lipcsében“ (hu). origo.hu (2021-yil 7-avgust). 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
- ↑ „Szoboszlai double earns Leipzig crushing win over Stuttgart“. Bundesliga (2021-yil 20-avgust).
- ↑ „Bayer Leverkusen 0-1 Leipzig“. Soccerway (2022-yil 17-aprel).
- ↑ „Válogatott: Szoboszlait valóban behívta Storck – megvan a légióskeret!“ (hu). Nemzeti Sport (2017-yil 19-may).
- ↑ „Slovkia v Hungary game report“. UEFA (2019-yil 21-mart).
- ↑ „Nations League: Dominik Szoboszlai free kick earns Hungary narrow win in Turkey“. Eurosport (2020-yil 3-sentyabr).
- ↑ „Hungary 2 Iceland 1“. BBC Sport (2020-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
- ↑ „Rossi announces 26-man squad for European Championship“. Hungarian Football Federation (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
- ↑ „Hungary punished misfiring England in Budapest, ending a 60-year wait for victory over the Three Lions“. The Guardian (2022-yil 4-iyun).
- ↑ nemzetisport.hu. „Szoboszlai Dominik lett a válogatott csapatkapitánya!“ (hu). NSO.hu (2022-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
- ↑ nemzetisport.hu. „Válogatott: Szoboszlai Dominik hamar topjátékos lehet – Rossi - NSO“ (hu). NSO.hu (2022-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
- ↑ Dominik Szoboszlai Soccerway saytida. Qaralgan sana: 19 December 2020.
- ↑ 26,0 26,1 „Szoboszlai, Dominik“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
- ↑ Peeters. „A thriller in Berlin: how relentless RB Leipzig won their first major title“. Red Bull (2022-yil 23-may). 2022-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ „A magyar hátvéd, aki a góljai felét a 16-oson kívülről rúgta Svájcban“ (hu). telex (2022-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
- ↑ Mudaliar. „10 Things you need to know about 'The Hungarian Prodigy' Dominik Szoboszlai“ (en-US). FootTheBall (2021-yil 1-fevral). Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
- ↑ Dóra. „Szoboszlai Dominik előtt tisztelgett budapesti koncertjén 50 Cent társa“ (hu). index.hu (2014-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
- ↑ „AZ AMERIKAI VILÁGSZTÁR SZOBOSZLAI DOMINIK MEZÉBEN KONCERTEZETT - VIDEÓ“. Origo.hu (2022-yil 27-noyabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Dominik Szoboszlai haqida turkum mavjud |
- HLSZ (vengercha)
- magyarfutball.hu saytidagi profil (vengercha)
- Klub bosh sahifasida (Wayback Machine saytida 2017-11-13 sanasida arxivlangan) (olmoncha)
- Dominik Szoboszlai National-Football-Teams.com saytida