Ben Doak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ben Doak
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ben Gannon Doak[1]
Tavallud sanasi 11-noyabr 2005-yil (2005-11-11) (18 yosh)
Tavallud joyi Dalry, Scotland[2]
Ampluasi Himoyachi
Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Liverpool
Raqami 50
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Dalry Rovers
Ayr United
Celtic
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021-2022 Celtic 2 (0)
2022- Liverpool 0 (0)
Milliy terma jamoa
2019 Scotland U16 3 (0)
2021- Scotland U17 6 (4)
2022- Scotland U21 2 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-yanvar uchun)

Ben Gannon Doak (2005-yil, 11-noyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi, "Liverpool" klubida qanot himoyachisi va himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doak oʻz faoliyatini „Ayr United“ va „Celtic“ klublariga oʻtishidan oldin, ona shahrining „Dalry Rovers“ klubida boshlagan[3]. 2021-yil, 26-dekabrda Doak 16 yoshga to‘lganiga bir oy oʻtib, „Celtic“ klubi safida „St Johnstone“ klubiga qarshi safardagi 3:1 hisobida g‘alaba bilan yakunlangan oʻyinning zaxiradan o‘rindigʻidan joy oldi[4]. 2022-yil, 29-yanvarda Doak „Celtic“ safida debyut qildi va Shotlandiya Premyer-ligasining „Dundee United“ klubiga qarshi oʻyinda 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[5].

Doak 2022-yilning mart oyida "Liverpool" bilan shartnoma imzoladi, „Celtic“ klubi Doakni klub safidagi mashgʻulotlar uchun taxminan 600 ming funt tovon puli oladigan boʻldi[6]. 2022-yil, 9-noyabrda Doak „Liverpool“ safidagi debyutini"Enfield"da 2022-23-yilgi Angliya liga kubogining uchinchi bosqichi doirasidagi "Derby County" klubiga qarshi o‘yinda penaltilar seriyasi yakuniga koʻra 3:2 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan oʻyinning 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[7]. Besh kundan soʻng Doak 17 yoshga toʻlgani munosabati bilan „Liverpool“ bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi[8][9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil, 2-sentyabrda, avvalroq 16 yoshgacha bo‘lgan Shotlandiya yoshlar terma jamoasi tarkibida, keyinchalik 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibida debyut qilgan va Uelsga qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda terma jamoa tarkibiga kiritilgan[10]. U Shotlandiya U-17 terma jamoasiga 2022-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan yosh toifasidagi Yevropa chempionatiga yoʻllanma qoʻlga kiritishga yordam bergan, ammo jarohati tufayli turnirni oʻtkazib yuborgan[11].

Doak birinchi marta 2022-yilning sentyabrida Shotlandiya U-21 terma jamoasiga 16 yoshida kiritilgan[12]. U 2022-yilning 22-sentyabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan va yetti daqiqa ichida gol urgan. Shu tariqa u Shotlandiya U-21 termasi safida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi[13][14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 9-noyabr holatiga ko'ra[15]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Celtic 2021-22 Shotlandiya Premyer-ligasi 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Liverpool 2022-23 Premyer-liga 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
Karyera jami 2 0 0 0 1 0 0 0 3 0
  1. „2022/23 Premier League squad lists“. Premier League (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
  2. „Garnock Valley: Friends are united for Under 17 Scotland squad“. Adrossan & Saltcoats Herald (2021-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  3. „Ben Doak: Former Dalry Rovers footballer makes debut for Celtic“. Adrossan & Saltcoats Herald (2022-yil 12-fevral). Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  4. „St Johnstone 1–3 Celtic“. BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  5. „Celtic 1–0 Dundee United“. BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  6. May. „KOP CAPTURE Liverpool beat Leeds to signing of 16-year-old Celtic starlet Ben Doak for compensation fee of around £600,000“. talksport.com (2022-yil 31-mart). Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  7. „Kelleher's shootout saves see Liverpool scrape past Derby in Carabao Cup“. The Guardian (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  8. „Liverpool hand Ben Doak his first professional contract - five days after debut aged 16“. BBC. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  9. Cassidy. „Scotland under-21 star Ben Doak signs first pro deal with Liverpool“. STV Sport (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  10. „Ben Doak“. Scottish Football Association. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  11. „Ben Doak misses out on Scotland squad for Uefa Under-17 Championship“. BBC Sport (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  12. „Liverpool teenager Ben Doak one of 11 new faces in Scotland Under-21 squad“. BBC Sport (2022-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  13. „Under-21 international: Liverpool teenager Ben Doak scores as Scotland beat NI 3-1 in Belfast“. BBC Sport (2022-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  14. „'Phenomenal talent' - Liverpool fans rave about Ben Doak as teenager scores on Scotland U21 debut“. Liverpool Echo (2022-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  15. Ben Doak Soccerway saytida. Qaralgan sana: 9 November 2022.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning bobosi Martin Doak ham futbolchi boʻlib, Greenock Morton kabi jamoalarda oʻynagan[1].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Celtic

  • Shotlandiya Premyer-ligasi: 2021-22

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Egerton. „'Unbelievable talent', All you need to know on Liverpool bound Ben Doak“ (en-US). Planet Football (2022-yil 1-aprel). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.