Stefan Bajcetic

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Stefan Bajčetić
Bajčetić Liverpool safida 2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stefan Bajcetic Maquieira[1]
Tavallud sanasi 22-oktyabr 2004-yil (2004-10-22) (19 yosh)
Tavallud joyi Vigo, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi Himoyachi, Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Liverpool
Raqami 43
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013-2020 Celta Vigo
2020- Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022- Liverpool 1 (0)
Milliy terma jamoa
2021 Spain U18 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-avgust uchun)

Stefan Bajcetic Maquieira (2004-yil, 22-oktyabrda tugʻilgan) — "Liverpool" jamoasida oʻynaydigan ispaniyalik futbolchi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bajcetic Celta Vigo akademiyasining yoshlar tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2020-yilning dekabr oyida Liverpool klubiga koʻchib oʻtgan[3][4][5][6].

U 2022-yilning iyul oyida „Liverpool“ safida "Manchester United" klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida, klubning Osiyo boʻylab mavsumoldi turnesi doirasida oʻzining norasmiy debyutini oʻtkazgan[7]. Keyingi oyda u birinchi marta „Fulham“ klubiga qarshi oʻyin kunida kattalar tarkibiga kiritilgan[8].

Uning klubdagi muvofaqiyyati 2022-yil avgust oyida klub bilan yangi shartnoma tuzgani boʻldi[9].

Bajcetic professional debyutini 2022-yil, 27-avgustda o‘tkazdi va o‘z maydonida "Bournemouth" ustidan 9:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi[10].

2022-yil, 13-sentabrda Bajcetic UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini „Ayax“ klubiga qarshi o‘tkazdi va o‘yinning so‘nggi soniyalarida Thiagoni oʻrniga maydonga tushdi[11]. Shu tariqa, u „Liverpool“ning Chempionlar ligasidagi eng yosh futbolchisiga aylandi va Billy Koumetioga tegishli rekordni yangiladi[12]. Thiagoning otasi Mazinho va Bajceticning otasi Srđan Bajcetic 1996-97-yilgi mavsumda Vigoning „Celta“ klubida birga oʻynaganlari sababli munosabatlari yaxshi[13].

2022-yil, 9-noyabrda u „Liverpool“ safidagi ilk o‘yinini „Enfield“da EFL kubogining uchinchi bosqichida "Derby County" klubiga qarshi o‘yinda oʻtkazgan[14].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bajcetic Ispaniya va Serbiya terma jamoalarini xalqaro maydonda himoya qilish huquqiga ega[15][16]. U 2021-yilda Ispaniya U-18 terma jamoasi safida oʻynaganligi sabab, Ispaniya yoshlar terma jamoasining aʼzosi hisoblanadi[17].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bajcetićning otasi serbiyalik sobiq futbolchi Srđan Bajcetic boʻladi, uning onasi esa ispaniyalik[18][19].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 9-noyabr holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Liverpool 2022-23 Premyer-liga 1 0 0 0 1 0 3 0 0 0 5 0
Karyera jami 1 0 0 0 1 0 3 0 0 0 5 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2022/23 Premier League squad lists“. Premier League (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
  2. „Stefan Bajčetić: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
  3. „Celta y Liverpool acuerdan la marcha del canterano Stefan Bajcetic“. La Voz de Galicia (2020-yil 23-dekabr).
  4. „Who is Stefan Bajcetic and why are Liverpool fans so excited?“. theathletic.co.uk (Archived). 2022-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  5. „Liverpool FC — Stefan Bajcetic: Liverpool is the best place for me to develop“. www.liverpoolfc.com.
  6. „Stefan Bajcetic: "Valió la pena irme del Celta al Liverpool"“. moiceleste.com.
  7. „Matchdetails from Manchester United - Liverpool played on 12 July 2022“. LFCHistory.net. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  8. „Fulham 2-2 Liverpool“. BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  9. „Stefan Bajcetic signs new contract after impressive Liverpool pre-season“. This is Anfield. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  10. „Liverpool 9-0 Bournemouth: Reds record biggest ever Premier League win“. This is Anfield. Qaraldi: 2022-yil 28-avgust.
  11. „Liverpool’s Joël Matip rises to see off Ajax and ease the Anfield anxiety“. Guardian (2022-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  12. „Stefan Bajcetic becomes Liverpool’s youngest-ever Champions League player“. This is Anfield. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  13. Mawkin. „The Random Connection Thiago Alcantara Shares With LFC Prospect Stefan Bajcetic“. ThickAccent.com. Thick Accent. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  14. „Kelleher’s shootout saves see Liverpool scrape past Derby in Carabao Cup“. Guardian (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  15. „Who is Liverpool’s talented teenager Stefan Bajčetić? The versatile Spaniard who has been compared to Man City star and rejected a move to Manchester United“. talksport.com.
  16. „U LIVERPULU SVI PRIČAJU O STEFANU - DA LI JE SRBIN NOVI FABINJO!? Sin bivšeg igrača Crvene zvezde ODUŠEVIO Jirgena Klopa“. mondo.rs.
  17. Lusby. „Liverpool centre-back celebrates silverware with Spain“ (2021-yil 6-sentyabr).
  18. „Un meteoro vigués en Liverpool“. lavozdegalicia.es.
  19. „Stefan u dresu Srbije moja velika želja! Ne verujemo u baksuzno "ić" na Enfildu: Otac Liverpulove nade za 24sedam izneo planove za budućnost“. 24sedam.rs.