Kontent qismiga oʻtish

Jarell Quansah

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jarell Quansah
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jarell Amorin Quansah[1]
Tavallud sanasi 29-yanvar 2003-yil (2003-01-29) (21 yosh)
Tavallud joyi Warrington, Angliya
Boʻyi 1.90 m[1]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpul
Raqami 78
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008–2023 Liverpul
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021– Liverpul 17 (2)
2023Bristol Rovers (ijara) 16 (0)
Milliy terma jamoa
2018–2019 Angliya U-16 2 (1)
2019–2020 Angliya U-17 3 (0)
2021 Angliya U-18 1 (0)
2021–2022 Angliya U-19 8 (2)
2023 Angliya U-20 7 (1)
2023– Angliya U-21 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jarell Amorin Quansah (2003-yil 29-yanvarda tugʻilgan) – ingliz professional futbolchisi, Premer-liganing Liverpul klubi va Angliya milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshlikdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quansah besh yoshida oʻzi tugʻilgan Warringtondagi Woolston Rovers va Winwick Dragonsdan Liverpulga borib qoʻshilgan.

Klublardagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quansah Premer-liga klubi bilan birinchi professinal shartnomasini 2021-yilning 4-fevralida imzolagan[2][3][4]. Ushbu 2020—2021-yilgi mavsumda u Billy Koumetio, Melkamu Frauendorf, Maks Voltman, Konor Bredli va Luke Chambers kabi 18 yoshgacha boʻlgan Liverpulning yoshlar jamoasiga sardorlik qilgan va ular bilan birga Angliya yoshlar kubogi finaliga chiqqan[5][6].

Keyingi mavsumda u UEFA Yoshlar ligasi jamoasiga ham sardorlik qildi[7].

Keyin Quansah Premer-liga va EFL kubogida kattalar jamoasi bilan birinchi marta oʻyinlarga qatnashdi, ammo ushbu oʻyinlarda maydonga tushish baxtiga muyassar boʻlmadi. Liverpul ikkala bahsda ham gʻolib chiqdi va ikkala kubokni ham boshi uzra koʻtarib gʻalabani nishonladi[8][9][10].

2023-yilning 20-yanvarida Quansah mavsum soʻnggigacha oʻzining birinchi klubi boʻlgan Bristol Roversga ijaraga berildi[11][12]. U 28-yanvar kuni Morekembga qarshi 5:1 hisobida magʻlub boʻlingan oʻyinda kattalar safida debyut qildi va natijaga qaramay muxlislarda yaxshi taassurot qoldirdi[13][14]. Ipswich Town bilan 0-0 hisobidag kuchlar teng kelgan bahsda ajoyib oʻyin koʻrsatdi. Rovers murabbiyi Joey Barton Quansahning oʻyiniga nisbatan oʻzining iliq fikrlarini bayon etdi. U Quansahning toʻp bilan ishlash qobiliyatini alohida eʼtirof etdi va keyingi uchrashuvlarda ham shunday yuqori darajadagi futbol oʻynay olishi mumkinligini taxmin qildi[15]. 18-mart kuni u Portsmouthga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinning soʻnggi daqiqalarida qoʻpollik qilgani uchun faoliyatidagi ilk qizil kartochkasini oldi va oʻyindan chetlashtirildi[16].

2023-yilning 27-avgustida Quansah Liverpul safida oʻzining professional debyutini oʻtkazdi. U Premer-ligada Nyukasl Yunayted ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Joël Matipning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[17]. 14-dekabr kuni Quansah UEFA Yevropa Ligasida Liverpul safidagi ilk golini Union Saint-Gilloise klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[18].

2024-yilning 25-fevralida Liverpul Wembley stadionida Chelsiga qarshi 2024-yilgi EFL kubogi finalida oʻynadi. Qoʻshimcha boʻlimlardagi 106-daqiqasida Quansah Ibrahima Konaté oʻrniga maydonga tushdi[19]. Liverpul qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va Quansah klub bilan birinchi sovrinini qoʻlga kiritdi[20]. Oʻsha yilning 13-may kuni u Premer-ligadagi ilk golini safarda Aston Villa klubiga qarshi bahsda kiritdi[21]. Keyin u 2024-yil 19-may kuni Yurgen Kloppning klub boshqaruvidagi soʻnggi oʻyinida Vulverxemptonga qarshi ketma-ket ikkinchi oʻyinda gol urdi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarell Quansah birinchi marta Angliya yoshlar terma jamoalarida 16 yoshgacha boʻlganlar va 19 yoshgacha boʻlganlar bilan oʻynagan[22][6][23][24][25][5][26].

2022-yil iyun oyida Quansah 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi 2022-yilgi Yevro uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritildi[27]. Slovakiyadagimusobaqada barcha oʻyinlarni markaziy himoyachi sifatida boshlagan va jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan[28]. Eng muhimi u yarim finalda jamoasi bilan Italiya qarshi bahsda Italiyalik yoshlar ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[29][30][31][32]. 2022-yil 1-iyulda Quansah finalda maydonga tushdi va Kallum Doylga golli uzatmani amalga oshirdi. Angliya qoʻshimcha boʻlimlarda Isroilni 3:1 hisobida magʻlub etib, turnirda gʻalaba qozondi[33][34][35]. U musobaqa davomidagi yuqori darajadagi oʻyinlari bilan UEFA turnir jamoasiga kiritildi[36].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quansahning akasi Keenan ham futbolchi boʻlib, Shimoliy Milliy Liganing Southport klubida oʻynaydi[37].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 19-may holatiga ko'ra[38]
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum FA Cup EFL kubogi Umumiy
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Liverpul U-21 2021–2022 2 0
2022–2023 2 0
Umumiy 4 0
Bristol Rovers (ijara) 2022–2023 16 0
Liverpul 2023–2024 4 0 5 0 33 3
Umumiy 4 0 5 0 53 3

Sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liverpul

  • EFL kubogi: 2023—2024[39]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „FIFA U-20 World Cup Argentina 2023™ SQUAD LIST: England (ENG)“. FIFA (2023-yil 22-may). Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  2. Mathieu Rault. „Liverpool : premier contrat pro pour le jeune défenseur Jarell Quansah“ (fr). Foot Mercato [fr] (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.Mathieu Rault (4 February 2021).
  3. „Jarell Quansah signs first professional contract with LFC“ (en). Liverpool FC (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.„Jarell Quansah signs first professional contract with LFC“.
  4. „Highly-rated Ghanaian centre-back Jarell Quansah buzzing after penning first professional contract at Liverpool“ (en). GhanaSoccernet (2021-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  5. 5,0 5,1 Jack Heale (25 May 2021). "The next footballing talent to come out of Warrington on Liverpool's books?" (en). Warrington Guardian. Archived from the original on 2 June 2023. https://web.archive.org/web/20230602203202/https://www.warringtonguardian.co.uk/sport/19327641.liverpool-fc-englands-youth-talent-jarell-quansah/. Qaraldi: 30 June 2022. Jarell Quansah]]Jack Heale (25 May 2021).
  6. 6,0 6,1 O'Neill. „FA Youth Cup: Jarell Quansah emerges as a leader during Liverpool's semi-final victory“ (en). The Athletic (2021-yil 13-may). — „Quansah, an England Under-18s international who is also eligible to represent Ghana and Barbados, showed incredible speed to recover the ball“. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.OʻNeill, Caoimhe (13 May 2021).
  7. „Liverpool U19s beat Atletico Madrid 2–0 thanks to smart Max Woltman finish“ (en-GB). Rousing The Kop. NewsNow (2021-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  8. Bevan, Chris. „How Liverpool's quadruple bid has made English history“ (en-GB). BBC Sport (2022-yil 2-may). Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  9. Morgan. „Liverpool's Quadruple quest: How do Jurgen Klopp's side fare in historic bid?“ (en). Sky Sports (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  10. Bate. „Liverpool beaten by Real Madrid in Champions League final and left with two cups – so has this season been a success?“ (en). Sky Sports (2022-yil 29-may). Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  11. „Jarell Quansah joins Rovers on loan“. www.bristolrovers.co.uk (2023-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  12. „Bristol Rovers sign Liverpool's Quansah on loan“. BBC Sport.
  13. „Morecambe 5–1 Bristol Rovers: Joey Barton calls performance 'rude awakening'“. BBC Sport (2023-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
  14. Frost. „Bristol Rovers verdict: Barton's big call, class between the chaos and the man Gas miss the most“. Bristol Post (2023-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
  15. Piercy. „Joey Barton predicts big things for Liverpool's Jarell Quansah as he stars for Bristol Rovers“. Bristol Post (2023-yil 15-fevral). Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.
  16. „Bristol Rovers 0–2 Portsmouth“. BBC Sport (2023-yil 18-mart). Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  17. „Darwin Nunez's late double sees 10-man Liverpool beat Newcastle at St. James' Park“. Liverpool FC (2023-yil avgust). Qaraldi: 2023-yil 27-avgust.
  18. „Liverpool's youngsters fall short and fail to ruin Union Saint-Gilloise party“. Guardian (2023-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
  19. „Matchdetails from Chelsea - Liverpool played on Sunday 25 February 2024 - LFChistory - Stats galore for Liverpool FC!“. www.lfchistory.net. Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  20. „'Klopp's kids beat Chelsea's billion-pound bottle-jobs'“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  21. Hassall. „Aston Villa 3-3 Liverpool: Hosts close on Champions League after late Jhon Duran double denies Reds“. Eurosport (2024-yil 13-may).
  22. Lusby. „Liverpool youth rejects attempt to switch nationality“ (2022-yil 22-mart).
  23. El Akyereko. „Liverpool's Jarell Quansah On The Attitude To Succeed And Talks Up The Determination To Reach Virgil Van Dijk's Heights“ (en-US). SportsWorldGhana (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  24. Lusby. „Who is Jarell Quansah? The 19-year-old shining for England“ (en-GB). This Is Anfield (2022-yil 29-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  25. „Ghana targets Jarell Quansah and Kwadwo Baah named in England U18 squad“ (en). GhanaSoccernet (2021-yil 21-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  26. Kumar. „Jarell Quansah – the Liverpool teenager who made the bench against Spurs“ (en-US). Premier League News Now (2021-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.Kumar, Vineet (28 December 2021).
  27. Frank Smith. „England MU19s squad named for EUROs“ (en). The Football Association (2022-yil 17-iyun). Qaraldi: 2022-yil 28-iyun.
  28. Howell. „European Under-19 Championship: Who are the England squad aiming for Euro final success?“. BBC Sport (2022-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  29. Simmonds, Kadeem (28 June 2022). "Liverpool defender Jarell Quansah fires England into Euro Under-19 final" (en). Liverpool Echo. https://www.liverpoolecho.co.uk/sport/football/football-news/jarell-quansah-liverpool-england-breaking-24347059. Qaraldi: 30 June 2022. Jarell Quansah]]
  30. Robert Summerscales. „Liverpool's Jarell Quansah Celebrates Like Steph Curry After Firing England To U19 Euros Final“ (en). Yardbarker (2022-yil 28-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  31. "U19 Euros semi-final – England v Italy" (en-GB). BBC Sport. 27 June 2022. https://www.bbc.com/sport/live/football/61324529. Qaraldi: 28 June 2022. Jarell Quansah]]
  32. Zinny Boswell. „Meet England's Young Lions gunning for glory in Under-19s European Championships final against Israel“ (en). Sky Sports (2022-yil 30-iyun). Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
  33. Honeyman, Sam. „Israel 1–3 England (aet): Chukwuemeka and Ramsey the extra-time heroes as Young Lions fight back“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
  34. Turner. „The Warrington lads at the heart of England's under 19s Euro win“ (en). Warrington Guardian (2022-yil 4-iyul). Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  35. „Jarell Quansah records assist as England U19s seal Euros glory“ (en). Liverpool FC (2022-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  36. „2022 Under-19 EURO Team of the Tournament“ (en). UEFA (2022-yil 5-iyul). Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  37. „12 Liverpool players whose brothers are also footballers – including 2 at the club!“. This is Anfield (2023-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
  38. Jarell Quansah Soccerway saytida. Qaralgan sana: 5 May 2024.
  39. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Liverpool“. BBC Sport (2024-yil 25-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.