Davletbay Shamshetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davletbay Shamshetov
qoraqalpoqcha: Dáwletbay Nuratdinovich Shámshetov
 Prezident
 
Mansab davri
11-noyabr 1991-yil – 20-iyun 1992-yil
Prezident Qoraqalpog'iston Respublikasi
Avvalgisi Lavozim yaratilgan
Keyingisi Lavozim bekor qilindi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21.1.1948
Chimboy, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 8.9.1998
Chimboy, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Qoraqalpogʻiston bayrogʻi Qoraqalpogʻiston
Siyosiy partiyasi KKP (OʻzSSR KK)
"Xalq manfaati"
Kasbi mexanik, agronom, Qoraqalpogʻistonning Birinchi Prezidenti
Dini Islom
Ilmiy unvoni Qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi
Maʼlumoti Andijon paxtachilik instituti
Mukofotlari

Shamshetov Davletbay Nuratdinovich – sovet, qoraqalpoq va oʻzbek siyosat va fan arbobi, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi. Oʻzbekiston tarkibida birinchi va soʻnggi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prezidenti sifatida tanilgan shaxs.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davletbay Shamshetov 1948-yil 21-yanvarda Chimboy shahrida tugʻilgan, millati qoraqalpoq[1]. 1965-yilgacha Chimboy tumani Oktyabr inqilobining 40-yilligi nomidagi sovxozda mexanizator boʻlib ishagan. 1971-yilda Andijon paxtachilik institutini agronom mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1973-yilgacha Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim, 1973-yilda Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti boʻlib ishlagan. 1973-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi va Oʻzbekiston Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlgan. 1974—-1983-yillarda OʻzSSR Kompartiyasi viloyat qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boʻlimi katta instruktori, 1980-yilda qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi boʻldi. 1984-1986-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR Bozatau viloyatidagi „Algʻabas“ sovxozi direktori, 1986-1990-yillarda Qoraqalpogʻiston SSR Qoraoʻzak tumani „Qoraoʻzek“ sovxozi direktori. 1990—1992-yillarda „Xalq Manfaati“ („Xalq irodasi“) Qoraqalpogʻiston partiyasining raisi va taʼsischilaridan biri boʻlgan[2]. 1990-yil fevraldan Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashida xalq deputati, 1991-yil yanvar-fevral oylarida bir vaqtning oʻzida OʻzSSR Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston Respublika qoʻmitasining birinchi kotibi, 1991-yil fevral oyida Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari 5-sessiyasida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining raisi etib saylandi[3].

1991-yil noyabr—1992-yil iyun – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prezidenti.

1992-yil – 1999-yil sentyabr – KQANRUz Chimboy ilmiy-tadqiqot instituti direktori.

Islom Karimov qarori bilan 1992-yil iyun oyida siyosatdan ketib, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Chimboy ilmiy-tadqiqot institutiga direktor boʻldi[4]. U bu lavozimda 1998-yilning sentyabrida vafotigacha xizmat qildi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻgʻillari: Poʻlat Shamshetov (1978—2022)[5], Baxtiyar Shamshetov (1975-yilda tugʻilgan)[6].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ШАМШЕТОВ Даулетбай Нуратдинович“. centrasia.org. ЦентрАзия. 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  2. „Алга, Каракалпакстан!“ (ua). Finance.ua. 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  3. „ШАМШЕТОВ Даулетбай - Биография - БД "Лабиринт"“. www.dblabyrinth.com. 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  4. Бологов, Петр [https://fergana.agency/articles/103023/ „На краю Ойкумены В поисках страны под названием Каракалпакстан“] (Російська). https://fergana.agency/articles/103023/ (6-aprel). 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 лютого 2022.
  5. Время, Настоящее. „«Шамшетов был ключевым свидетелем того, применялось ли оружие». В Каракалпакстане считают странной смерть активиста“. Радио Азаттык (2023-yil 7-fevral). Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  6. „Требуем реабилитировать всех жертв политических репрессий 27-летнего правления Ислама Каримова и правительство Узбекистана“. mutabar.org. Клуб пламенных сердец. 5 лютого 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]