Kontent qismiga oʻtish

Vasiliy Pavlov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Pavlov
ruscha: Василий Михайлович Павлов
O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi vazifasini bajaruvchi
Mansab davri
1937-yil noyabr – dekabr
Oʻtmishdoshi Davlat Rizayev
Vorisi Qurbonboy Xoliqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1904-yil
Ugolnoye, Orenburg uyezdi, Orenburg guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1978-yil
Orjonikidze tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
Sovet Ittifoqi
Siyosiy partiyasi KPSS

Vasiliy Mixaylovich Pavlov (1904—1978) – sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi[1][2].

1904-yilda Ugolnoye qishlogʻida (hozirgi Orenburg viloyati Sol Iletsk tumanida) tugʻilgan. 1927-yildan VKP(b) aʼzosi.

1921-yildan – iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyatini boshlagan. 19211962-yillarda – temir yoʻlda, Qizil Armiyada ishchi, vagon konduktori, Toshkent stansiyasi deposida brigada ishchisi. Soʻngra Toshkent yoʻlovchilar deposi partiya qoʻmitasi kotibi, Lenin tuman qoʻmitasi boshligʻi, Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi nazorat-profilaktika bo‘limi boshligʻining oʻrinbosari, Toshkent toʻqimachilik kombinati qurilishi partiya qoʻmitasining kotibi, Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Lenin okrug qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Qoraqalpoq viloyat qoʻmitasining 1-kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining 2-kotibi, Oʻzbekiston SSR Goʻsht-sut sanoati xalq komissarligi partiya qoʻmitasi kotibining oʻrinbosari kabi siyosiy va iqtisodiy lavozimlarda faoliyat olib borgan[3].

Ikkinchi jahon urushida: Oʻrta Osiyo harbiy okrugi 68-togʻ oʻqchi diviziyasi siyosiy boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, Oʻrta Osiyo harbiy okrugi kichik leytenant kurslari siyosiy boʻlimi boshligʻi, Oʻrta Osiyo harbiy okrugining kichik leytenant kurslari siyosiy boʻlim boshligʻining oʻrinbosari kabi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ukraina Kommunistik partiyasi Jitomir shahar qoʻmitasining uchinchi kotibi, Ukraina Kommunistik partiyasi Jitomir viloyat qoʻmitasi harbiy boʻlimi boshligʻi, Jitomir viloyat komiteti partiya, kasaba uyushma va komsomol organlari boʻlimi boshligʻi, Ukraina Kommunistik partiyasi partiya byurosi kotibi, „Oʻzbzagotskot“ bosh boshqarmasi boshligʻi, Toshkent viloyati Orjonikidze tumani cho‘chqachilik fermasi va „Glavzagotskototkorm“ ozuqa bazasi direktori.

SSSR Oliy Kengashining 1-chaqiriq deputati[3].

1978-yil sentabrda Toshkent viloyatining Orjonikidze tumanida vafot etgan.

  1. „Павлов, Василий“. dic.academic.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  2. „Василий Михайлович Павлов“. znanierussia.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 „ПАВЛОВ Василий Михайлович“. centrasia.org. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.