Chagas kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chagas kasalligi – koʻpincha Amerika tripanosomia sifatida ham tanilgan, Tripanosoma cruzi tomonidan kelib chiqadigan tropik parazitar kasallikdir. U asosan Triatom nomli hasharotlar orqali tarqaladi. Simptomlar infeksiya rivojlanishi davomida oʻzgaradi. Dastlabki bosqichda alomatlar odatda yoʻq yoki yengil boʻlib, isitma, shishgan limfa tugunlari kattalashishi, bosh ogʻrigʻi yoki tishlash joyida shish paydo boʻlishi mumkin[1]. Toʻrt-sakkiz hafta mobaynida davolanmaslik kasallikning surunkali bosqchiga oʻtishiga olib keladi. Bu bu koʻp alomatlarsiz kechadi[2][3]. Surunkali infeksiyalarida 45 % ga yaqin odamda yurak kasalligi dastlabki kasallikdan 10-30 yil oʻtgach rivojlanadi. Natijada bu yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimidagi asoratlar, jumladan qiziloʻngach yoki yoʻgʻon ichakning kengayishi ham odamlarda 21 %, 10 % da esa nervlarning shikastlanishi kuzatilishi mumkin[2].

T.cruzi odatda odamlar va boshqa sutemizuvchilarga tishlash orqali yuqadi[4]. Kasallikni bemorlarga oʻzaro qon quyish, organlarni transplantatsiya qilish, parazit bilan ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish va vertikal yoʻl orqali onadan bolaga ham yuqishi mumkin[3]. Kasallikning erta tashhisi mikroskop yordamida qondagi parazitni aniqlash yoki uning DNKsini polimeraza zanjiri reaksiyasi orqali aniqlashga asoslangan[5].

Kasallikning oldini olish parazit tarqatuvchisi uchraydigan joylarni dezinfikatsiya qilish, uy-joylarni toza tutish va hasharotlar chaqishi oldini olishga qaratilgan[1]. Hasharotlar chaqishini oldini olish insektitsidlar yoki choyshablardan foydalanishni oʻz ichiga oladi[6]. Infeksiya erta hosil boʻlganda benznidazol yoki nifurtimoks dorilari bilan davolash mumkin. Ular odatda odam kasallikni yuqtirganidan keyin qisqa vaqt ichida berilsa, kasallikni bartaraf eta oladi. Surunkali kasallikda qoʻllanilganda, dori-darmonlar oxirgi bosqich belgilari rivojlanishini kechiktirishi yoki oldini olishi mumkin. Benznidazol va nifurtimoks koʻpincha nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqaradi, shu jumladan teri kasalliklari, ovqat hazm qilish tizimida nohushliklar va nevrologik alomatlar. Bu esa davolanishni toʻxtatishga olib kelishi mumkin[2][7]. 2019-yilda hozirgi kungacha Chagas kasalligi uchun yangi dorilar ishlab chiqilmoqda, vaktsina tajribalari hayvonlar modellarida oʻrganiladi[8].

2019-yil holatiga koʻra, asosan Meksika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikada 6,5 million kishi Chagas kasalligiga chalingan[1][9], har yili taxminan 9,490 kishi kasallikdan vafot etgan[9]. Kasallik bilan ogʻrigan odamlarning aksariyati kambagʻaldir[10] va koʻpchilik kasallikni yuqtirganliklarini anglamaganlar[11]. Kasallik hayvonlarning 150 dan ortiq turiga taʼsir qiladi[12].

Chagas birinchi marta 1909-yilda braziliyalik shifokor Karlos Chagas tomonidan tasvirlangan va uning nomi bilan atalgan[1]. Chagas kasalligi eʼtibordan chetda qolgan tropik kasallik sifatida tasniflangan[13].

Black and white photo of a young boy with a swollen right eye
Chagas kasalligining oʻtkir infektsiyasi, oʻng koʻzning shishishi(Romanya belgisi)

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

See „Cause“ section.
T. cruzining hayot sikli va oʻtkazilishi

Yuqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

A brown winged insect
Triatoma infestans- T. cruzi ning keng tarqalgan tashuvchisi

T. cruzi Triatoma, Panstrongylus va Rhodnius avlodidagi turli triatomin hasharotlari tomonidan tashilishi mumkin[2]. Odam infeksiyasining asosiy tashuvchilari – bu odamlar uy-joylariga yaqin joyda yashaydigan triatomin hasharotlari -Triatoma infestans, Rhodnius prolixus, Triatoma dimidiata va Panstrongylus megistus. Bu hasharotlar Argentina, Boliviya, Chili va Paragvayda vinchuka, Braziliyada barbeiro, Kolumbiyada pito, Markaziy Amerikada chinche va Venesuelada chipo kabi bir qancha mahalliy nomlar bilan tanilgan[14]. Hasharotlar koʻz yoki ogʻiz yaqinidagi nam yuzalarni afzal koʻrib, tunda ovqatlanadilar[15][16]. Triatomin hasharoti T. cruzi bilan kasallangan uy egasini chaqqanida uni yuqtirishi mumkin[15]. T. cruzi hasharotlarning ichagida koʻpayadi va hasharot najasi bilan toʻkiladi[15]. Infeksiyalangan triatomin ovqatlansa, u terini teshadi va qonni soʻrib oladi[15]. Tishlash odatda ogʻriqsizdir, ammo qichishishga olib keladi[15].

Patofiziologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Photograph of a heart showing perforation of the walls
Surunkali Chagas kasalligi bilan zararlangan yurakning keng koʻlamli anatomiyasi

Kasallikning oʻtkir bosqichida belgilar va alomatlar bevosita T. cruzi replikatsiyasi va immun tizimining unga boʻlgan munosabati bilan yuzaga keladi[2]. Bu fazada T. cruzi butun tanadagi turli toʻqimalarda va qonda aylanib yurishi mumkin[2]. Infeksiyaning dastlabki haftalarida parazitlarning koʻpayishi antikorlarni ishlab chiqaradi va terining yalligʻlanish reaksiyasini faollashtiradi.

Surunkali Chagas kasalligi parazitning takrorlanishi va immunitet tizimining shikastlanishi tufayli yillar davomida rivojlanadi. Kasallikning dastlabki bosqichida T. cruzi yurakning chiziqli mushak tolalarida uchraydi[17]. Kasallik rivojlangan sayin, yurak odatda kattalashadi, yurak mushaklari tolasining sezilarli qismlari chandiq toʻqimasi va yogʻ bilan almashtiriladi[17]. Faol yalligʻlanishda yalligʻlanish yurak boʻylab tarqalib ketadi, Har bir yalligʻlangan sohada immun hujayralari, odatda makrofaglar va T hujayralari joylashadi[17]. Kasallikning kech davrida yurakda parazitlar kamdan-kam hollarda aniqlanadi va faqat juda past darajada boʻlishi mumkin[17].

Diagnostikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Four T. cruzi parasites surrounded by red blood cells. Undulating membranes, flagella, and kinetoplasts are visible.
T. cruzi tripomastigotlar qon surtmasida koʻrinishi

Qonda T. cruzi mavjudligi Chagas kasalligining diagnostikasi hisoblanadi. Infeksiyaning oʻtkir bosqichida harakatchan parazitlarni yangi antikoagulyatsion qon yoki uning bufer qobigʻini mikroskopik tekshirish orqali aniqlash mumkin. Gimza bilan boʻyalgan ingichka va qalin qon surtmalarini tayyorlash orqali, parazitlarni bevosita koʻrish mumkin[3][5]. Qon surtmalarini tekshirish 34-85 % hollarda parazitlarni aniqlay oladi. Qonni konsentratsiyalash uchun mikrogematokrit sentrifugalash kabi usullardan foydalanilsa, sezgirlik ortadi[2]. Boʻyalgan qon surtmalarini mikroskopik tekshirishda T. cruzi tripomastigotalari toʻlqinsimon parda bilan bogʻlangan flagellumli S yoki U shaklida organizmda namoyon boʻladi. Parazit tanasi ichida yadro va kinetoplast deb ataladigan kichikroq struktura koʻrinadi. T. cruzi ning kinetoplasti nisbatan kattaroq boʻlib, u odam yuqtiruvchi tripanosomalarning boshqa turlaridan shu orqali ajralib turadi[18].

Surunkali Chagas kasalligida qondagi parazitlarning kontsentratsiyasi mikroskop yoki PCR yordamida aniqlash uchun juda past boʻladi[2]. Shuning uchun tashxis odatda serologik testlar yordamida amalga oshiriladi. Bu qonda T. cruzi ga qarshi immunoglobulin G antikorlarini aniqlaydi[5]. Tashxis toʻgʻri samara berishini tasdiqlash uchun turli test usullaridan foydalangan holda ikkita ijobiy serologik natijalar oʻtkazish kerak boʻladi[3]. Agar test natijalari noaniq boʻlsa, Western blot kabi qoʻshimcha sinov usullaridan foydalanish mumkin[2].

Chagas kasalligi uchun turli xil tezkor diagnostika testlari mavjud. Ushbu testlar osonlik bilan oʻtkaziladi va maxsus tayyorgarliksiz odamlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin[19]. Koʻp sonli odamlarni skrining qilish va tibbiy muassasalarga kira olmaydigan odamlarni tekshirish uchun bunday testlar foydali, ammo ularning sezgirligi nisbatan past[2]. Ijobiy natijani tasdiqlash uchun ikkinchi usuldan foydalanish tavsiya etiladi[19][20].

T. cruzi parazitlarini qon namunalaridan ksenodiagnoz yoki hayvonlarga odamning qoni bilan emlash orqali yetishtirish mumkin. Bu usulda odamning qizil qon hujayralari plazmadan ajratiladi va parazitning koʻpayishini tashkil qilish uchun maxsus oʻsish muhitiga qoʻyiladi. Natijani olish uchun olti oygacha vaqt ketishi mumkin. Ksenodiagnoz qonni triatomin hasharotlar bilan oziqlantirishni, soʻngra 30-60 kundan keyin ularning najasini parazitga tekshirishni oʻz ichiga oladi[19]. Ushbu usullar muntazam ravishda qoʻllanilmaydi, chunki ular sekin va past sezuvchanlikka ega[21][19].

Oldini olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

A net hanging over a bed
Triatomin hasharotlarining chaqishi oldini olish uchun endemik hududlarda yotoq toʻrlaridan foydalanish kerak[15].

Chagas kasalligining oldini olish chora-tadbirlar asosan, triatomin hasharotlarining vektor bilan aloqasini cheklashga qaratilgan. Insektitsidlarni purkash dasturlari vektorlarga qarshi kurashning asosiy yoʻnalishi boʻlib, bu orqali uylar va uning atrofidagi hududlar qoldiq insektitsidlardan tozalanadi. Bu dastlab 1980-yillarda piretroidlar bilan almashtirilgan organoxlorin, organofosfat va karbamat insektitsidlari bilan amalga oshirilgan. Ushbu dasturlar Braziliya va Chilida kasallik tarqalishni keskin kamaytirdi[15] va ayrim hududlardan asosiy vektorlarni yoʻq qila oldi: Braziliya, Chili, Urugvay va Peru va Paragvayning bir qismidan Triatoma infestans, shuningdek, Markaziy Amerikadan Rhodnius proliksus yoq qilishga erishildi. Baʼzi hududlarda vektorni yoq qilish dasturi triatomin hasharotlari orasida insektitsidlarga chidamlilikning rivojlanishi bilan qarshilik koʻrsatdi. Natijada vektor nazorati dasturlari muqobil insektitsidlarni (masalan, Argentina va Boliviyada fenitrotion va bendiokarb), uy hayvonlarini (triatomin bilan oziqlanadigan) pestitsidlar bilan singdirilgan boʻyoqlar va boshqa eksperimental usullar bilan davolashni amalga oshirdi. Triatomin hasharotlari boʻlgan hududlarda T. cruzi yuqishini yotoq toʻrlaridan foydalanish, turar-joylar gigiyenasiga eʼtibor berish orqali oldini olish mumkin[15].

Ilgari Chagas kasalligini yuqtirishning ikkinchi eng keng tarqalgan usuli qon quyish edi[22]. T. cruzi muzlatgichda saqlangan qonda muzlash va erishdan omon qolishi mumkin. Bu uning butun qonda, qadoqlangan qizil qon tanachalarida, granulotsitlarda, kriyopresipitatda va trombotsitlarda saqlanishiga imkon beradi. Qon banki skrining testlarini joriy etish qon quyish paytida infeksiya xavfini keskin kamaytirdi. Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi deyarli barcha qon donorlari Chagas skriningidan oʻtkaziladi. Skrining testlari keng tarqalgan boʻlib, endemik boʻlmagan mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya (1999-yilda joriy etilgan), Ispaniya (2005), Amerika Qoʻshma Shtatlari (2007), Fransiya va Shvetsiya (2009), Shveysariya kabi endemik hududlardan kelgan muhojirlarning katta aholisi bu testlarda oʻtkaziladi[23]. serologik testlar esa, odatda Elishay, donor qonida T. cruzi oqsillariga qarshi antikorlarni aniqlash uchun ishlatiladi[22].

A brown glass bottle of pills, labeled „Lampit (nifurtimox)“
Bir shisha nifurtimoks tabletkalari

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

A world map. South America and Mexico are red, the United States is yellow, and Canada, Japan, Australia, the United Kingdom, Scandinavia, Romania, and most of Western Europe is blue.
Chagas kasalligining epidemiologiyasi taxminan 2011-yil: Qizil – vektorlar orqali tarqaladigan endemik mamlakatlar;Sariq – tarqalish vaqti-vaqti bilan vektorlar orqali sodir boʻladigan endemik mamlakatlar; Koʻk – qon quyish orqali tarqaladigan endemik boʻlmagan mamlakatlar[24].
See description.
2016-yilda Chagas kasalligi tufayli nogironlikka moslashtirilgan hayot yillari: DALY yukini oshirishning har bir tartibi uchun ranglar tobora toʻq qizil rangga ega boʻladi: Kulrang- maʼlumot yoʻqligini bildiradi. Oq-0Sariq-1000 DALY gachaApelsin-1001 dan 10 000 DALYs Och qizil-10 001 dan 100 000 DALY gacha Toʻq qizil-100 000 dan ortiq DALY[25]

T.cruzi haqidagi ehtimollarga koʻra, u Janubiy Amerika sutemizuvchilari orasida odamlar kelishidan ancha oldin tarqalgan. T. cruzi Janubiy Amerika boʻylab qadimgi odam qoldiqlarida, Atakama choʻlidagi 9000 yoshli Chinchorro mumiyasidan topilgan. Minas-Jeraisda turli yoshdagi 1100 yoshli mumiya qoldiqlar, Rio Grande yaqinidagi Chihuaxuan choʻligacha boʻlgan shimolda koʻpgina bishqa maʼlumotlarda Chagas kasalligiga mos keladigan alomatlar tasvirlangan.

Black and white photo of Charlos Chagas, in his lab coat, sitting next to his microscope and surrounded by flasks and jars
Karlos Chagas. Instituto Oswaldo Cruz laboratoriyasida

Chagas kasalligining rasmiy tavsifi 1909-yilda Karlos Chagas tomonidan isitma, shishgan limfa tugunlari, kattalashgan taloq va jigar bilan ikki yoshli qizni tekshirgandan soʻng aniqlangan. Uning qonini tekshirgandan soʻng, Chagas yaqinda triatomin hasharotlarining orqa ichaklaridan aniqlagan tripanosomalarga oʻxshash tripanosomalarni koʻradi va ustozi, braziliyalik shifokor Osvaldo Kruz sharafiga Trypanosoma cruzi deb nom berdi. U Rio-de-Janeyrodagi Kruzga infeksiya yuqtirilgan triatomin hasharotlarini yubordi. Infeksiyalangan triatominning chaqishi T. cruzi ni marmoset maymunlariga ham yuborishi mumkinligini koʻrsatdi. Ikki yil ichida, 1908—1909-yillarda Chagas kasallik, uni keltirib chiqargan organizm va infeksiya uchun zarur boʻlgan hasharotlar vektorining tavsiflari maʼlum qilindi[26][27][28]. Oʻsha paytda fakultet professori Migel Koutoning taklifiga binoan, kasallik „Chagas kasalligi“ deb atalgan[26]. Chagasning kashfiyoti unga milliy va xalqaro shuhrat keltirdi, ammo Braziliya hukumati kasallikka qarshi choralar koʻrishda ilojsizligini takidlab, Chagas oʻzini va uning nomi bilan atalgan kasallikni tanqid qildi. Uning kashfiyoti boʻyicha tadqiqotlarni taqiqlab qoʻydi va 1921-yilgi Nobel mukofoti uchun uning nomzodini puchga chiqardi[26][29].

1930-yillarda Salvador Mazza Argentinaning Chako provinsiyasida mingdan ortiq holatlarni aniqlab, Chagas kasalligini oʻrganishni qayta boshladi[30]. Argentinada kasallik uning sharafiga mal de Chagas-Mazza deb nomlanadi[31]. Chagas kasalligi uchun serologik testlar 1940-yillarda joriy etilgan boʻlib, T. cruzi infeksiyasi Lotin Amerikasi boʻylab keng tarqalganligini koʻrsatdi[30]. Bu insektitsidlarni qoʻllash orqali bezgak vektorini yoʻq qilish muvaffaqiyatlari bilan birgalikda triatomin hasharotlarini yoqotish uchun uylarni insektitsidlar bilan davolashga qaratilgan sogʻliqni saqlash kampaniyalarini yaratish ishlari ham koʻrib chiqildi[32][30]. 1950-yillarda qonni kristall binafsha bilan davolash parazitni yoʻq qilishi mumkinligi koʻrsatdi[30]. Keng darajada nazorat dasturlari 1960-yillarda dastlab San-Pauluda, keyin Argentinaning turli joylarida, keyin Lotin Amerikasi boʻylab milliy darajadagi dasturlar shakllana boshladi[33]. Ushbu davolash dasturlari 1980-yillarda piretroid insektitsidlarning organizmga kiritilishi bilan rivojlanadi, ular qoʻllanilgandan keyin dogʻ va hid qoldirmaydi va tejamkorroq hisoblangan[30][33]. Chagas kasalligini nazorat qilishga bagʻishlangan mintaqaviy organlar Pan Amerika sogʻliqni saqlash tashkiloti koʻmagida paydo boʻldi. 1991-yilda Chagas kasalliklarini yoʻq qilish boʻyicha janubiy konus tashabbusi, And mamlakatlari tashabbusi (1997), Markaziy tashkilot tashabbusi, Amerika mamlakatlari (1997) va Amazon mamlakatlari tashabbuslari (2004) kelib chiqdi[32].

Tadqiqotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muolajalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrikalik tripanosomiazni davolashda tasdiqlangan antiparazitik preparat boʻlgan fexinidazol hayvonlar modellarida Chagas kasalligiga qarshi asosiy chora hisoblanadi. 2019-yildan boshlab u Ispaniyada surunkali Chagas kasalligi uchun II bosqich klinik sinovlaridan oʻtib kelmoqda[34][35]. Boshqa dori vositalari orasida sichqonlarda Chagas kasalligiga qarshi samarali boʻlgan proteazoma inhibitori GNF6702 va hayvonlar modellarida bir qator kerakli natijalarga ega boʻlgan AN4169 lardan foydalaniladi[36].

Kasallikni davolash jarayonida bir qator eksperimental vaktsinalar hayvonlarda sinovdan oʻtkazildi. Subunit vaktsinalarga qoʻshimcha ravishda, baʼzi yondashuvlar T. T. cruzi bilan bir xil antijenlarni ifodalovchi, ammo Trypanosoma rangeli yoki Phytomonas serpens kabi zaiflashgan T. cruzi parazitlariga taʼsir qilish bilan organizmlarni emlashni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birgaDNKga qarshi emlash ham oʻrganilgan. 2019-yildan boshlab vaktsina tadqiqotlari asosan kichik hayvonlar modellarida oʻrganilgan[37].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Chagas disease (American trypanosomiasis)“. World Health Organization (2019-yil 17-aprel). 2020-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2020-yil.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 „Chagas disease“. The Lancet. 391-jild, № 10115. 2018. 82–94-bet. doi:10.1016/S0140-6736 (17)31612-4. ISSN 0140-6736. PMID 28673423. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Chagas' disease“. N. Engl. J. Med. 373-jild, № 5. 2015-yil iyul. 456–66-bet. doi:10.1056/NEJMra1410150. PMID 26222561. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  4. „DPDx – Trypanosomiasis, American. Fact Sheet“. Centers for Disease Control (CDC) (30-aprel 2019-yil). 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-mart 2020-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Chagas disease as example of a reemerging parasite“. Seminars in Diagnostic Pathology. 36-jild, № 3. 2019-yil may. 164–9-bet. doi:10.1053/j.semdp.2019.04.008. PMID 31006555. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  6. „Prevention of Chagas disease“. World Health Organization. 2018-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2018-yil.
  7. „Antioxidant defence system as a rational target for Chagas disease and Leishmaniasis chemotherapy“. Memórias do Instituto Oswaldo Cruz. 117-jild. 2022. e210401-bet. doi:10.1590/0074-02760210401. PMC 8896756. PMID 35239945.
  8. „Why hasn't there been more progress in new Chagas disease drug discovery?“. Expert Opinion on Drug Discovery. 15-jild, № 2. 2019. 145–158-bet. doi:10.1080/17460441.2020.1681394. ISSN 1746-0441. PMID 31670987.
  9. 9,0 9,1 „Global Health Metrics: Chagas disease—Level 3 cause“. The Lancet (2020). 2022-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „American trypanosomiasis (Chagas disease)“. Infectious Disease Clinics of North America. 26-jild, № 2. 2012-yil iyun. 275–91-bet. doi:10.1016/j.idc.2012.03.002. PMID 22632639. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  11. Encyclopedia of entomology, 2nd Capinera JL: , Dordrecht: Springer, 2008 — 824 bet. ISBN 9781402062421. 
  12. „Chagas disease“. Lancet. 375-jild, № 9723. 2010-yil aprel. 1388–402-bet. doi:10.1016/S0140-6736 (10)60061-X. PMID 20399979. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  13. „Neglected Tropical Diseases“. cdc.gov (6-iyun 2011-yil). 2014-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-noyabr 2014-yil.
  14. The Trypanosomiases. Wallingford: CAB International, 2004 — 184 bet. ISBN 9780851990347. 
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 15,4 15,5 15,6 15,7 „American Trypanosomiasis“,Parasitic Diseases, 7, New York: Parasites Without Borders, 2019 — 71–84 bet. 2020-yil 26-martda qaraldi. 
  16. Trypanosoma cruzi Journey from the Insect Vector to the Host Cell“,Chagas Disease: A Clinical Approach, Birkhäuser Advances in Infectious Diseases. Switzerland: Springer Nature, 9-sentabr 2019-yil — 25–59 bet. DOI:10.1007/978-3-030-00054-7_2. ISBN 978-3-030-00054-7. 
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 „Pathology and Pathogenesis of Chagas Heart Disease“. Annu Rev Pathol. 14-jild. 2019-yil yanvar. 421–47-bet. doi:10.1146/annurev-pathol-020117-043711. PMC 7373119. PMID 30355152. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  18. Blood Cells: A Practical Guide. John Wiley & Sons, 20 January 2015 — 165–7 bet. ISBN 978-1-118-81733-9. 
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 „Diagnosis of Chagas disease“,Chagas Disease: A Clinical Approach, Birkhäuser Advances in Infectious Diseases Marcelo Altcheh J, Freilij H: . Switzerland: Springer Nature, 9-sentabr 2019-yil — 141–58 bet. DOI:10.1007/978-3-030-00054-7_7. ISBN 978-3-030-00054-7. 
  20. „Rapid immunochromatographic tests for the diagnosis of chronic Chagas disease in at-risk populations: A systematic review and meta-analysis“. PLOS Neglected Tropical Diseases. 13-jild, № 5. 2019-yil may. e0007271-bet. doi:10.1371/journal.pntd.0007271. PMC 6561601. PMID 31150377. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  21. „Chagas disease (American Trypanosomiasis)“. eMedicine (26-aprel 2019-yil). 2020-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-aprel 2020-yil.
  22. 22,0 22,1 „Chagas disease and transfusion medicine: a perspective from non-endemic countries“. Blood Transfusion. 13-jild, № 4. 2015-yil oktabr. 540–50-bet. doi:10.2450/2015.0040-15. PMC 4624528. PMID 26513769. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  23. „Chagas disease: from discovery to a worldwide health problem“. Frontiers in Public Health. 7-jild. 2019-yil iyul. 166-bet. doi:10.3389/fpubh.2019.00166. PMC 6614205. PMID 31312626. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  24. „Preventing the transmission of American trypanosomiasis and its spread into non-endemic countries“. Infectious Diseases of Poverty. 4-jild. December 2015. 60-bet. doi:10.1186/s40249-015-0092-7. PMC 4693433. PMID 26715535.
  25. World Health Organization. „Disease burden and mortality estimates“. 2020-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  26. 26,0 26,1 26,2 „The discovery of Trypanosoma cruzi and Chagas disease (1908—1909): tropical medicine in Brazil“. Hist Cienc Saude Manguinhos. 16-jild, № Suppl 1. 2009-yil iyul. 13–34-bet. doi:10.1590/s0104-59702009000500002. PMID 20027916. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  27. „Neue Trypanosomen“. Vorläufige Mitteilung Arch Schiff Tropenhyg. 13-jild. 1909. 120–2-bet.
  28. „Nova tripanozomiase humana: Estudos sobre a morfolojia e o ciclo evolutivo do Schizotrypanum cruzi n. gen., n. sp., ajente etiolojico de nova entidade morbida do homem [New human trypanosomiasis. Studies about the morphology and life-cycle of Schizotripanum cruzi, etiological agent of a new morbid entity of man]“. Mem Inst Oswaldo Cruz. 1-jild, № 2. 1909. 159–218-bet. doi:10.1590/S0074-02761909000200008. ISSN 0074-0276. (in Portuguese with German full translation as „Ueber eine neue Trypanosomiasis des Menschen.“)
  29. „Justice where justice is due: A posthumous Nobel Prize to Carlos Chagas (1879—1934), the discoverer of American Trypanosomiasis (Chagas' disease)“. International Journal of Cardiology. 134-jild, № 1. 2009-yil may. 9–16-bet. doi:10.1016/j.ijcard.2008.12.197. PMID 19185367. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  30. 30,0 30,1 30,2 30,3 30,4 „The history of Chagas disease“. Parasites & Vectors. 7-jild. 2014-yil iyul. 317-bet. doi:10.1186/1756-3305-7-317. PMC 4105117. PMID 25011546. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  31. „Enfermedad de Chagas – Mazza“ (ispancha). Asociación Lucha Contra el Mal de Chagas. 2011-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2011-yil.
  32. 32,0 32,1 „Insecticide resistance in vector Chagas disease: Evolution, machanisms, and management“. Acta Tropica. 149-jild. 2015-yil sentabr. 70–85-bet. doi:10.1016/j.actatropica.2015.05.014. PMID 26003952. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  33. 33,0 33,1 „Evolution of Chagas disease screening programs and control programs“. Global Heart. 10-jild, № 3. 2015-yil sentabr. 193–202-bet. doi:10.1016/j.gheart.2015.06.003. PMID 26407516. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  34. „Current trends in the pharmacological management of Chagas disease“. Int J Parasitol Drugs Drug Resist. 12-jild. 2019-yil dekabr. 7–17-bet. doi:10.1016/j.ijpddr.2019.11.004. PMC 6928327. PMID 31862616. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  35. „Fexinidazole: First Global Approval“. Drugs. 79-jild, № 2. 2019. 215–220-bet. doi:10.1007/s40265-019-1051-6. ISSN 0012-6667. PMID 30635838.
  36. „Drug discovery for Chagas disease: A viewpoint“. Acta Tropica. 198-jild. 2019. 105107-bet. doi:10.1016/j.actatropica.2019.105107. ISSN 0001-706X. PMID 31351074.
  37. „Immunity and vaccine development efforts against Trypanosoma cruzi“. Acta Tropica. 200-jild. 2019. 105168-bet. doi:10.1016/j.actatropica.2019.105168. ISSN 0001-706X. PMC 7409534. PMID 31513763.