Kontent qismiga oʻtish

Antikoagulyantlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Antikoagulyantlar (anti… va lotincha coagulatio — ivitmoq) — qon ivishini susaytiruvchi dorilar, ular qon ivishining kuchayishi bilan bogʻliq boʻlgan kasallik holatlarining (trombozlar, tromboemboliyalar, tromboflebitlar) oldini olish va davolash maqsadida ishlatiladi. Antikoagulyantlarning 2 xili farq qilinadi. Bevosita taʼsir etuvchi Antikoagulyant (geparin va geparinoidlar) organizmda ham, organizmdan tashqarida ham qon ivishiga toʻsqinlik qiladi, venaga yuborilganda darrov taʼsir koʻrsatadi. Bilvosita taʼsir etuvchi Antikoagulyantlar (dikumarin, neodikumarin, shuningdek, fenilin, omefin va boshqalar) faqat organizmda qon ivishiga toʻsqinlik qiladi. Bular ichiladi, eritmalari toʻgʻri ichakka va venaga yuboriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil