Granulotsitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Granulotsitlar (lotincha: granulum donacha va yun. kytos — hujayra) — sitoplazmasida donachalar (granulalar) bor oq qon tanachalari (leykotsitlar). Umurtqali hayvonlar va odam koʻmigida hosil boʻladi. G. uchun oqsilli donachalar hamda segmentar yadro boʻlishi xos. Donachalarining shakli va boʻyalishiga qarab neytrofillar, eozinofillar va bazofillarga boʻlinadi. Baʼzi leykotsitlarning eng sodda tuzilgan amyoba kabi faol harakat qilish xususiyati ham bor. Odam qonidagi leykotsitlarning asosiy qismini G. tashkil etadi, ular asosan himoya vazifasini oʻtaydi. G.ning alohida turlari oʻrtasidagi nisbat organizmning umumiy ahvolini bildiradigan koʻrsatkich hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil