Mikroskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikroskop, zarrabin (mikro... va yun. skopeo — qarayman) — mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob. M.ning kattalashtirishi difraksion hodisalar (q. Difraksiya) tufayli cheklangan; u atigi 1500—2000 martani tashkil qiladi. Odam koʻzi 250 mm uzoqlikdagi zarralar urtasidagi masofani 0,08 mm gacha aniklikda farq qila oladi (bu raqam koʻpchilik odamlarda 0,20 mm ni tashkil etadi). Lekin mikroobʼyekt lar (bakteriya, mayda kristallar va boshqalar) oʻlchami bundan ham kichik. Shu sababli, elementlari orasidagi masofa 0,25 mkm li strukturalarni farq qilishga imkon beradigan (yaʼni ajratish qobiliyati 0,25 mkm boʻlgan) M. mavjud (elektron M.niki — 0,01—0,1 nm). Ikki linzadan iborat tizimning tasvirni kattalashtirib berishi 16-asrdayoq Niderlandiya va Italiyadagi koʻzoynaksoz ustalarga maʼlum boʻlgan, (ikki linzali M.ni niderland ustasi 3. Yansen 1590 yilda kurgan), lekin birinchi M.ni 1609—10 yillarda G. Galiley ixtiro qilgan, murakkab M.ning hisobini 1872 yilda E. Abbe qilgan. M.da obʼyektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga toʻgʻrilangan axromatik linzalardan foydalaniladi. M.da koʻp linzali obʼyektiv emas, balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan immersion obʼyektiv ishlatiladi. Immersion obʼyektivda nur sochilishi kamayadi. Ultrabinafsha, infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan M. obʼyektivi yana ham sifatli boʻlishi zarur. M.da tekshiriladigan preparatlar oʻzidan yorugʻlik chiqarmaydi, shu sababli uni yoritish lozim. Obʼyektni yoritishning turli usullari mavjud. Uning yoritilishiga qarab tasvir kon-trastlari (anikligi) ortedi.

Okulyar ham M.ning muhim kismi. Tekshiriladigan obʼyektga qarab okulyarlar turlicha buladi. Okulyar sifatida koʻrish trubasi (koʻpincha, Gyuygens tipidagi okulyar) ishlatiladi. Yoritishda mikrokondensorlardan foydalaniladi; u linzalar tizimidan iborat. Mikrokondentorlarga iris diafragmasi oʻrnatiladi. Mikrokondensorlarning tuzilishi ham har xil; baʼzilari bitta linzasi olib qoʻyiladigan qilib yasaladi, bu hol mikroobʼyektlarni tekshirishni osonlashtiradi.

Ishlatish sohasiga qarab lyuminessent, ultrabinafsha, qutblovchi, interferension M.lar; tekshirish obʼyektiga qarab, biologik, elektron, metallografik M. va boshqa boʻladi. Lyumi-nessent M. boshqa M.lardan ikkita (kondensor oldida va obʼyektivdan ke-yin qoʻyiladigan) yorugʻlik filtri mavjudligi bilan farqlanadi. Bulardan tashqari, maxsus M.lar ham mavjud, mas, tez va sekin utadigan jarayonlarni kinolentaga tushiradigan M., jarroxdik M.i, oziq-ovqat sifatini tekshiradigan M. va h.k. Fotografiya, tibbiyot, biol., fizika va kimyo sohalarida M. koʻp ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil