Burqutlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Burqutlar — oʻzbek qabilalaridan biri. B. asosan Zarafshon vohasida (hozirgi Poyariq. Narpay, Navoiy, Gʻijduvon tumanlarida), qisman Mirzachoʻlda (Jizzax yaqinida) joylashgan. 18-asrning 50- yillarida B. Buxoro xonligiga qarshi katta qoʻzgʻolon koʻtargan. Qoʻzgʻolonni hukumat qoʻshinlari bostirgach, B.ning bir qismi Zarafshon vohasidan Hisor vodiysiga koʻchirilgan. Oʻzbekistonda yashagan B. oʻtroqlashib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil