Arabshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arabshunoslik - arab xalqlarining tili, tarixi, iqtisodiyoti va madaniyatini tadqiq etuvchi fanlar majmui. A. asli arab bo‘lmagan (mas, turkiy bo‘lgan), lekin arab tilida ijod qilgan olimlarning madaniy merosla-rini ham o‘rganadi. A. G‘arbiy Yevro-pada 16-a. oxirida vujudga keldi. Rim, Pa-rij, Leyden uning asosiy markazlari bo‘lgan. 19-a. — 20-a. boshlarida arab grammatikasi, leksikografiya va adabiyet-shunoslik bo‘yicha Silvestr de Sasi, J. Belo (Fransiya), K. Kaspari (Norvegiya), U. Rayt, R. Nikolson (Buyuk Britaniya), G. Fleysher, T. Nyoldeke, K. Brokkel-man, G. Freytag , X. Ver (Germaniya), Ya. Goldus (Gollandiya), I. Goldsiyer (Ven-griya) i.t. ishlari olib borganlar. Arab 591mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti muammolari bilan J. Sovaje, E. Levi-Provansal, K. Kazn (Fransiya), K. Bekker (Germaniya), D. Dennet, B. Lyu-is, G. A. R. Gibb (Angliya), K. A. Nallino, E. Rossi (Italiya), G. Kampfmeyer (Ger-maniya), Ch. Adame, J. Xeyvort-Denn, Sh. Issavi (AQSH), A. Xaurani, S. Longrigg (Buyuk Britaniya), J. Berk (Fransiya) va boshqa arab-shunoslar shug‘ullanganlar.Hozirgi A. bilan Leyden, Parij, Oksford, Kembrij, Galle, Praga, Rim, Qohira, Damashq, Bayrut, Jazoir, Tunis, Rabot, Hartum, Haydarobod universitetlarida, shu-ningdek Arab mamlakatlari ligasi (Tu-nis) qoshidagi Arab oliy bilimlari instituti, Islomshunoslik instituti (Bag‘dod), Sharq va Afrika mamlakatlarini o‘rganish maktabi (London), Sharq tilla-ri maktabi (Parij) va boshqa ilmiy markaz-lar shug‘ullanadi.Rossiyada Sankt-Peterburg , Moskva, Ukrainada Harkov, Tataristonda Ko-zon universitetlarida arab tili o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Sankt-Peterburg A. markazi bo‘lib qolgan (19-a.). Rossiyadagi A.ka nemis arabshunosi X. D. Fren, miyerlik Shayx Tantoviylar asos solgan. Akad. B. D. Dorn, prof. V. V. Grigorev, prof. V. F. Girgas, akad. V. R. Rozen kabi arabshu-nos olimlar arab tili, adabiyoti, dini va tarixiga oid ko‘plab ilmiy asarlar yaratganlar.20-a. 20-yillar boshlarida Toshkent, Tbilisi va Bokuda A. maktablari vujud-ga keldi. V. V. Bartold, A. Ye. Krimskiy, I. Yu. Krachkovskiy, M. A Sale, A P. Ko-valevskiy, T. A. Shumovskiy, P. G. Bulga-kov, P. A. Gryaznevich, A. B. Xolidov va boshqa o‘rta asrlar arab yodgorliklarini tarji-ma qilib, nashr ettirdilar. 30 — 60-yillarda G. V. Sereteli va I. N. Vinnikov-lar O‘rta Osiyo arablarining tili haqida monografiyalar yezdi. 70 — 80-ylarda arab mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, tilshu-nosligiga qizikish kuchayib, bu haqda ko‘plab ilmiy asarlar yaratildi, eng muhim asarlar tarjima qilindi.O‘rta Osiyo, jumladan, hozirgi O‘zbekiston hududida arablar istilosi (8-a.)dan key-in arab tili din va ilm-fan tiliga ay-langach, mahalliy olimlar asarlarini arab tilida yoza boshlaganlar. Xoraz-miy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Zamaxshariy, Sam’oniy va boshqalarning fanning turli sohalari — fal-safa, mantiq, geol., tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, arab tili, adabiyoti, fol-klori, tarixi, etnografiyasi, tarixiy geografiyasi va boshqalarga doir risolalari Sharq va G‘arb arabshunoslari uchun hozirgi ham eng muhim tadqiqot manbai bo‘lib qolmoqda. Islom dini, fiqh va Hadis ilmi sohasida ham Turkiston olimlari ko‘plab asarlar yaratganlar. Bular jahon miqyosida (xususan arab olamida ham) yuqori baholanib, tan olingan. 19-a. 80 — 90-yillarida, ayniqsa, 20-a. boshla-rida Turkistonda Rossiyaning mustam-lakachilik maqsadidan kelib chiqqib A. ilmiga birmuncha ahamiyat berildi. Tosh-kentda "Arxeologiya havaskorlarining Turkiston to‘garagi" (1895), keyinroq Peterburg sharqshunoslik jamiyatining Toshkent bo‘limi vujudga keddi. O‘zbek arabshunoslari tomonidan yaratilgan arab tili, fikx, tarix va boshqalarga oid asar-lar, lug‘atlar, arabchadan o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar nashr etildi.Fitrat A. sohasida birmuncha il-miy ishlar qildi. Arabshunos A. E. Shmidt arab tili, adabiyoti, islom ta-rixiga doir tadqiqotlar olib bordi. Xattot, manbashunos I. Odilov arabcha qo‘lyozmalarga tavsif yezdi, ularni qayta ko‘chirdi. Sharq-shunos S. Mirzayev arab tilshunosligiga oid "Arab tili gram-matikasi" nomli ilmiy asar yezdi (1944). O‘zbek arabshunoslari (U. I. Karimov, H. Hikmatullayev, Sh. Shoislomov, N. Ibrohimov, A. Irisov, A. Talabov va boshqalar) arab tilida ijod etgan olimlar asarla-rini tadqiq etish va ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta ishlar olib bor-dilar. Ar-Roziyning "Sirr al-asror" ("Sirlar siri") nomli arabcha asarining yagona qo‘lyozmasi (rus tilida, 1957), Ibn Sinoning arabcha "Al-Qonun fittibb" 592("Tib qonunlari") asari (rus va o‘zbek tillarida, 1-nashri 1954—61 va 2-nashri 1979—83) tarjima qilinib, nashr etil-di. Beruniyning arab tilidagi ilmiy va adabiy merosini o‘rganish borasida ham muhim ishlar kilindi. Uning tanlangan asarlari (5-jilddan iborat) O‘zbek ti-liga tarjima qilindi. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning arab tilida yozgan asarlari to‘plami "Tanlangan asarlar" (1983), "Astronomiyaga oid risola"si (1983) ham tarjima kilinib nashr etil-di. O‘zbek arabshunos olimlari arabcha qo‘lyozmalarni — "O‘zbekiston Fan-lar akademiyasining sharq qo‘lyozmalari to‘plami"ni nashrdan chiqardilar (rus tilida, 11 jildli katalog , 1952—75).Hozirgi A. O‘zbekiston FA Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot insti-tuti faoliyatida ustuvor yunalishlardan biri hisoblanadi, bundan tashqari za-monaviy A. ishiga Toshkent Islom universiteti ham salmoqli hissa qo‘shmoqda, A. sohasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institu-ti shug‘ullanadi.Ad.: Lunin B. V., Iz istorii russko-go vostokovedeniya i arxeologii v Tur-kestane, T., 1958; Irisov A., Toshkent-da arabshunoslik, T., 1964; O‘zbekiston sharqshunoslari, T., 1997.Ismatulla Abdumayev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil