Tarixshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini oʻrganuvchi fan. T. tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki maʼlum bir muammoga bagʻishlangan tarixiy tadqiqotlarni urganadi va taxlil qiladi. T. nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (mas., sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan xam shugullanadi. T.ning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida tuplangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadkiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiyilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat. T. oʻtmishda kechgan va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiytarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning oʻsib borishi jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliklikda ifodalaydi, ijtimoiysiyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga taʼsirini, u yoki bu yunalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniklaydi. T., shuningdek, fan taraqqiyotida oʻz urniga ega bulgan i.t. markazlari tarixini, unda faoliyat koʻrsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qoʻshgan hissalarini oʻrganish kabi vazifalarni ham bajaradi.

T. tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud: qiyosiy iarixiy usul —turli tarixiy davrlarda tarixiy maʼlumotlar qanday paydo boʻldi, harakatlandi, oʻzgardi va rivojlandi, jamiyat taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi jarayonini aniklashda qoʻllaniladi; aniq tahliliy usul — olib borilgan T. tadqiqoti voqea-hodisalar tafsilotini kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayonini nazariy va faktik materiallarning oʻzaro aloqasida taxlil qiladi, ularning fanda kanday yoritilganligini oʻrganadi; mantiqiy tahliliy usul — T.da katta imkoniyatlarga ega boʻlib, tarixiy muammoning oʻziga xos xususiyatlari, tuzilishi, boshqa tarixiy hodisalar bilan bogʻliqligini oʻrganishda qoʻllaniladi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliqlikda ifodalaydi; xronologik usul — voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda toʻplangan tarixiy faktlarni oʻzaro bogʻliklikda oʻrganishda qoʻllaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlarning harakatini, muammoga yondashuvda konsepsiyalar, qarashlar, gʻoyalarning oʻzgarib borishini xronologik tartibda takroriy yoki xilmaxil jihatlarini ochib beradi; davriylashtirish usulida maʼlum bir tarixiydavriy chegarada tarix fanining sifat, uslub va xususiyatlarining oʻzgarishiga ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning taʼsiri, har bir yangi bosqichda vujudga kelgan ilmiy gʻoyalarni harakatlantiruvchi omil va yoʻnalishlar aniqlanadi; retrospektiv tahlil — har bir ilmiy adabiyot oʻz davriga taalluqli boʻlib, uning kuchli va kuchsiz jihatlarini oʻzida aks ettiradi. T. tadqiqotlarda tadqiqotchining vazifasi oʻzidan avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan oʻrganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil qilishdan iborat.

T. tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yaratilgan baʼzi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston", Abu Bakr Narshaxiyning "Tarixi Buxoro", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Boburning "Boburnoma", Muhammad Yusufbek Bayoniyning "Tarixi Xorazm", "Shajarai Xorazmshohiy", Ahmad Donishning "Buxoro amirlarining tarjimai hollari" va boshqalarda muayyan maʼlumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida taxliliy yondashuvga boʻlgan harakatlar kuzatiladi.

Oʻzbekistonda T. tarix fanining maxsus sohasi va aloxida tadqiqot predmeti sifatida 20-asrning 2yarmida shakllandi. Oʻzbekiston FA Tarix institutoʻ tashkil topgach, bir qator tarixshunoslar, jumladan, V.Ya. Nepomnin, R.N.Nabiyev, I.K. Dodonov, L.M.Landa, X.I.Inoyatov, B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq qilishga kirishdilar. 1968 y. Tarix instituti qoshida "T." sektori, keyinroq boʻlim tashkil etilishi bu sohaning rivojiga katta hissa qoʻshdi (boʻlimni 1968—88 yillarda tarix fanlari dri B.V.Lunin, 1988—92 yillarda tarix fanlari nomzodi V.A.Germanov boshkargan, 1992 yildan tarix fanlari dri, prof. D.A.Alimova rahbarlik qilib kelmoqda).

Oʻzbekistonda tarix fani va uning baʼzi sohalari rivoji dinamikasini yorituvchi asarlar [Axunova M.A., Lunin B. V., Istoriya istoricheskoy nauki v Uzbekistane, T., 1970; XX asrning dastlabki oʻttiz yilligi Oʻzbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari), 1— 2qism, T., 1994; Alimova D. A., Ivanova L. S, 50 let izucheniya istorii Uzbekistana v godoʻ voynoʻ 1941—1945 gg . sovremennie zadachi i perspektivoʻ yeye istoriografii, T., 1995; Lunin B. V., Istoriografiya obhestvennoʻx nauk v Uzbekistane, T., 1974; Saidqulov T. S, Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavxalar, T. S, 1992; Doniyorov A. X., Mustaqil Oʻzbekiston etnografiyasi tarixshunosligining ayrim masalalari, T., 2003] yaratildi. Sharqshunos olimlar (Lunin B. V., Biobibliograficheskiye ocherki o deyatelyax obhestvennoʻx nauk Uzbekistana, t. 1, T., 1976; t. 2, T., 1977), mustamlakatotalitar tuzum sharoitida Oʻzbekiston tarix fani sohasida xizmat qilgan tarixchilarning hayoti va faoliyati (Alimova D. A., Rashidova D., Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri, T., 1999; Germanov V. A., Istoriki Turkestana v usloviyax politicheskogo terrora 20—30x godov, T., 2000; Germanov V. A, Professor Pulat Saliyev i yego vremya, T., 2002) asarlarda aks ettirildi; xotinqizlar muammosi tarixshunosligi [Alimova D. A., Jenskiy vopros v Sredney Azii: istoriya izucheniya i sovremennie problemoʻ (20—80e gg .), T., 1991]; milliy ozodlik harakatlari, ularning xorijda oʻrganilishi (Ziyayeva D. H., Turkistonda milliy ozodlik harakati, T., 2000) asarlarda oʻz ifodasini topdi.

Tarix fanining boshqa muammolari koʻplab maqolalarda oʻzining T. tahliliga erishdi.

T. boʻlimi tomonidan oʻtkazish anʼanaviy boʻlib qolgan "T. oʻqishlari" Oʻzbekiston tarix fani sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib boradi. Oʻzbekistonda T. fani ilmiy maktablariga B. V. Lunin, G.I.Jeltova, F.H.Qosimov, R. Rajapova, D.A. Alimova kabi olimlar tomonidan asos solindi.

T. tadqiqotlari mustaqillik yillarida ancha kengaydi. 5 ta drlik, 20 dan ortiq nomzodlik ishlari himoya qilindi. Ayniqsa, xorijiy tadqiqotchilar (AQSH, Koreya, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya) Oʻzbekiston tarixshunoslari bilan ilmiyamaliy aloqalar oʻrnatib, Oʻzbekiston tarixshunosligining muhim muammolarini oʻrganishda davom etmoqdalar.

Nodira Mustafoyeva.