Turkiston xalq universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Turkiston xalq universiteti — Oʻrta Osiyoda rus oliy taʼlimiga asos boʻlgan ilk oʻquv maskani. Turkiston XKSning 1918 yil 16 martdagi qarori bilan shu yil 21 aprelda Toshkentning Yangi shahar kismidagi Ozodlik uyi (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi bolalar kutubxonasi)da ochilgan. Untning tashkil topishida "Oliy taʼlim tarafdorlari jamiyati" (1918 yil fevral)ga uyushgan A.V.Popov (1918 yil aprel — dekabrda universitet rektori), G.N.Cherdansev (1918 yil dekabr 1920 yil dekabrda universitet rektori), professorlar V.I.Romanovskiy, A.A.Semyonov, R.R.Shreder va boshqalarning xizmati katta boʻldi.

Turkiston xalq universitetiu. kuyidagi tashkiliy tuzilishga ega boʻlgan: 1yuqori bosqich — oliy kurs [ijtimoiyiqtisod, fizikamat., adabiyotfalsafa (keyinroq tarixfilol.), texnika ftlari]; 2oʻrta bosqich — amaliy kurslar (elektromontyorlar, avtomobil ishi, temir yoʻlchilar, chizmachilik, oʻrmon texniklari, yersuv qoʻmitasi, bolalar bogʻchasi yoʻriqchilari, chet tillari, bichishtikish, poyabzal ishi, suzishni oʻrganih); 3quyi bosqich — taʼlimtarbiya berish kurslari (11 boshlangʻich maktab, 8 bolalar bogʻchasi). Shuningdek, tarkibida Munavvarqori Abdurashidxonov tashabbusi bilan 1918 yil 12 mayda tashkil etilgan Musulmon xalq dorilfununi (qarang Oʻzbekiston milliy universiteti) hamda Turkiston xalq kutubxonasi (xrz. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi), Turkiston xalq muzeyi (hozirgi Oʻzbekiston sanʼat muzeyi), Turkiston xalk konservatoriyasi, Sharq instituti kabi mustaqil tashkilotlar boʻlgan. Turkiston xalq universitetiu.ning tegishli kurslariga maʼlumot darajasiga qarab Jkhitini xohlovchi rus tilini bilgan kishilar imtihonsiz qabul qilingan. Dastlabki kunlardanoq Samarqand, Fargʻona, Andijon, Ashxobod va boshqa shaharlarda universitet shoʻʼba (filial)lari ochilgan. 1918 yil kuzda Musulmon xalq dorulfununi 2darajali tashkilot sifatida tugatilgan, oʻrta va quyi bosqichdagi kurslar va mustaqil tashkilotlar untdan ajratilgan. 1918/19 oʻquv yili untning 5 fakultetida 60 professoroʻqituvchi ishladi, 500 ga yaqin talaba taʼlim oldi. Bularning hammasi ruslar yoki rus tilida soʻzlashuvchi boshqa millat vakillari edi. Mahalliy musulmon millat vakillari rus tilini bilmaganligi sababli bu untdan bahramand boʻla olmadilar. Sovet hukumati ularning manfaati va xohishistagini eʼtiborga olmadi. Sovet tarixchilari bu haqiqatni butunlay teskari talqin qilishga majbur boʻldilar. Sovet davrida chop etilgan tarixga oid adabiyotlarda bu universitet kommunistok partiya va sovet xukumatining mahalliy aholiga koʻrsatgan bexds katga gʻamxoʻrligi, xalqparvarligi tufayli paydo boʻldi, deb koʻrsatib kelindi.

Turkiston xalq universitetiu.ni toʻla maʼnodagi oliy oʻquv yurti deb boʻlmasdi. 1919 yil dekabrda u haqiqiy davlat universiteti maqomini oldi va Turkiston davlat universiteti deb nomlandi. Turkiston xalq universitetiu.da 1918 yil 20 apreldan rus tilida "Xalq universiteta" (Narodnoʻy universitet") gaz. va maxsus ilmiy ommaviy toʻplam nashr etildi.

Adabiyot[tahrir]

  • Xolboyev S., Milliy universitetning tarixiy ildizlari va tashkil topishi, T., 2003.

Sotimjon Xolboyev.