Sankt-Peterburg davlat universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sankt-Peterburg universitetidan yoʻnaltirildi)

Sankt-Peterburg davlat universiteti (rus. Санкт-Петербургский государственный университет) — Rossiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri, ilmiy markaz. 1819 yil Bosh pedagogika instituti negizida tashkil etilgan. 1820 yil ochilgan. Dastlab falsafayuridik, tarixfilol., fizikamatematika ftlari boʻlgan. 1854 yil sharq tillari fti tashkil etilgan. universitet podsho Rossiyasining yetakchi ilmiy va madaniy markazlaridan biri hisoblangan. universitetda N. G. Chernishevskiy, D. I. Pisarev, I. P. Pavlov, K. A. Timiryazev, I. I. Mechnikov, N. N. MikluxoMaklay, V. V. Veresayev, A. A. Blok, D. Bedniy, A. S. Serafimovich, A. N. Benua, M. A. Vrubel, M. I. Glinka, A. K. Glazunov, V. I. Kachalov va boshqa taʼlim olgan. 20-a.ning 60y.laridan 2 oʻkuvilmiy majmua (Vasilyev o. va Petrodvorets) tizimidir. Fizika, mat., kimyo, biol., geologiya, geogr., tarix, falsafa, psixologiya, filol., sharqshunoslik, siyosatshunoslik, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. universitetda 17 ft, 200 ga yaqin kafedra, 10 ilmiy tadqiqotlar instituta, 200 ilmiy tadqiqotlar laboratoriya va stansiya, rasadxona, 2 muzey, ilmiy kutubxona (4 mln.dan ortiq asar), nashriyot, rus tili markazi, bir nechta institut, oliy ped. kursi, gimnaziya, instituternatmaktab bor. universitetda 17 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, 4 mingdan ortiq ilmiy pedagogik xodim ishlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil