Amir Toʻra madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Madrasa
Amir Toʻra madrasasi
Emir Tura madrassa 01.jpg
Amir Toʻra madrasasining peshtoqi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xorazm viloyati
Shahar Xiva
Manzil Ichan qalʼa MFY, Zargarlar koʻchasi, 45-uy
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Xorazm viloyati Madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Amir Toʻra (Muhammad Rahimxon IIning akasi)
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida

Amir toʻra madrasasiXivadagi meʼmoriy yodgorlik (1870). Ichan qalʼaning shimoliy qismida joylashgan. Muhammad Rahimxon IIning akasi Amir Toʻra qurdirgan. Chortoq tarhli (52,6x36,7 m), peshtogʻi mahobatli, ikki yon tomonida qoʻshqavatli uch juft hujra bor. Toʻrt burchagidagi guldasta-minoralar parchin belbogʻli, mavj usulida bezatilgan. Masjid va darsxonaning tuzilishi bir xil. Masjid janubidagi ayvon gumbaz tomli, gumbaz osti toqilari olti qirrali, unga uch qator muqarnas ishlangan. Hovli (30,7x19,35 m)ning ikki yon tomoniga bir qavatli, oldi ravoqli koʻndalang hujralar ishlangan. Hovli burchaklaridagi hujralarga dahlizdan kiriladi. Hujralar balxi gumbazli, darchalariga panjaralar oʻrnatilgan. Uch gumbazli miyonsaroyning ikki yon tomonida darsxona bor. A. Amir Toʻra madrasasi 1970 yilda taʼmirlangan, bosh tarzi oldiga savdo rastasi joylashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Amir Toʻra madrasasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil