Afshin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

AfshinUstrushona hokimlarining arablar fathidan avval-gi laqabi. Oxirgi A. Haydar ibn Kovus (manbalarda al-Afshin) xalifa Mu’tasimning lashkarboshisi edi. U Kichik Osiyoda yunonlar ustidan g‘alaba qilgani va Bobak qo‘zg‘olonini bostirgani eva-ziga xalifaning e’tiboriga sazovor bo‘lgan. Biroq, 841 yil iyunda islomdan qaytganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm etilgan. A. laqabi O‘rta Osiyoda, umuman, uchrab turadi. Ya’qubiyda (Ta’rix, 2-jild, 344-bet) Sug‘diyona hokimi G‘urak Qutayba ibn Muslim bilan tuzgan shartnomasida o‘zini Sug‘d ixshidi, Samarqand afshini deb atagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil