Hukm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hukm, muhokama (mantiqda) — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasli-gini ifodalovchi tafakkur shakli. H. nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. H.lar toʻgʻri (chin) yoki xato (yolgʻon) yoxud noaniq (taxminiy) boʻlishi mumkin. H.lar obʼyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan H.lar noaniq H.lar deyiladi. H.lar asosan darak gap orqali ifodalanadi. H.lar tuzilishiga koʻra oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy H. deb tarkibidan yana bir H.ni ajratib boʻlmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy H. tarkibi 3 boʻlak: mantiqiy ega — subʼyekt (5), mantiqiy kesim — predikat (R) va mantiqiy bogʻlovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qili-nayotgan predmet va hodisani, man-tiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bogʻlovchi ("...dir", "emas") predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qatiy H.ning formulasi; 8— R (emas). Oddiy H.lar sifatiga koʻra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, haj-miga koʻra yakka, umumiy va juzʼiy H.larga boʻlinadi. Oddiy qatʼiy H.lar sifati va hajmiga koʻra 4 turga boʻlinadi: 1) umumiy tasdiq H. (A) "hamma 5—R dir"; 2) umumiy inkor H. (Ye) "hech bir 8—R emas"; 3) juzʼiy tas-diq H. (I) "baʼzi 5—R dir"; 4) juzʼiy inkor H. (O) "baʼzi 3—R emas" formulasi orqali ifodalanadi. Predikatning mazmuniga koʻra atributiv, mavjudlik va munosabat H.lari farqlanadi. Murakkab H. deb tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy H. boʻlgan mulohazalarga aytiladi. Murakkab H.lar "va", "yoki", "agar... unda" kabi mantiqiy bogʻlovchilar, inkor qilish va modal terminlarni qoʻllash orqali 2 va undan ortiq oddiy H.larning oʻzaro birikishidan hosil boʻladi. Mantiqiy bogʻlovchining mazmuniga koʻra murakkab H.larning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: 1) birlashtiruvchi (konʼyunk-tiv) H. — a l v. Mas, oʻz tilini va madaniyatini yoʻqotgan millat oʻzligidan judo boʻladi; 2) aiiruvchi (dizʼyunktiv) H. — a V v. Mas, oʻsimliklar bir yillik yoki koʻp yillik boʻladi; 3) shartli (implikativ) H. — a —> v. Mas, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi; 4) ekvivalentlik H.i — a=v. Mas, agar bu geometrik figura uch-burchak boʻlsa, unda uning burchaklarining yigʻindisi 180 boʻladi.

H.lar modalligiga koʻra aletik (zaruriy), epistemik (ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifo-dalovchi turlarga boʻlinadi. H. tafak-kur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi.

Dilbar Fayzixoʻjayeva.