Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi | |
---|---|
Joylashgan yeri | |
Qashqadaryo Qarshi, O‘zbekiston, | |
Maʼlumot | |
Asos solingan sanasi | 2017-yil |
Direktor | Djamalova Yoqutoy Kamalovna |
Website | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi |
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi — 2017-yil Qarshi shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. 2017-yil 24-mayda Vazirlar Mahkamasining „ Qarshi shahridа Abdullа Oripov nomidаgi onа tili va adаbiyoti fanini chuqurlаshtirib oʻqitishgа ixtisoslаshtirilgan mаktab-internatini tаshkil etish toʻgʻrisidа“gi 312-son qarori qаbul qilindi[1]. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ tasarrufiga kiradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil Qashqadaryo viloyati hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Qarshi shahari Oʻzbekiston koʻchasi 219-uyda joylashgan „Barkamol avlod“ markazida 150 oʻrinli oʻquv binosini rekonstruksiya qilin, 50 oʻrinli yotoqxona va 50 oʻrinli oshxona binolarini qurildi foydalanishga topshirildi. 2017—2018-oʻquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018—2019-oʻquv yilidan boshlab maktab-internati 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinishi belgilandi[2].
Qulayliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maktab oʻquvchilari bepul taʼlim, 5 mahal ovqat, 750 ming so'mlik maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Darslardan soʻng futbol kabi sport turlaridan va drama hamda musiqiy asboblar oʻrganish uchun mashgʻulotlar tashkil qilingan.
Jihozlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maktab-internatining binosi 3 qavatdan iborat boʻlib umumiy 188 oʻringa moʻljallangan, 300 oʻrinli faollar zali, 140 oʻrinli oʻquvchilar yotoqxonasi hamda 140 oʻrinli oshxona binolaridan iborat. 15 ta sinf xonalari eng soʻnggi rusumdagi kompyuterlar va elektron doskalar bilan taʼminlangan. Ijod maktabi toʻliq holatda internet tarmogʻiga ulangan.
Ijod maktabiga qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021—2022-oʻquv yili uchun Qаrshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 7—9 sinfga oʻquvchi qabul qilinishi eʼlon qilindi[3]. Sаralаsh imtihonlаri 2 bosqichdаn iborat bo‘lib, 1-bosqichdа Oʻzbekiston Yozuvchilаr uyushmаsi bilan hamkorlikdа ijod maktablаriga hujjаt topshirgаn nomzodlаrning ijodiy qobiliyatlаri tekshirilаdi va 2-bosqichdа Davlаt test markаzi bilan hamkorlikdа ona tili, adabiyot va ingliz tili fanlaridan oʻzlashtirishini aniqlash maqsadidа test sinovlari oʻtkazilаdi. 2023- yilda esa 2 mingga yaqin o'quvchilar test sinovlarida qatnashdi va ulardan 60 nafari qabul qilindi.
2022—2023-oʻquv yilidа yаngi maktablarga 5—11-sinfga oʻquvchilar qabul qilinishi va hаr bir sinfda 24 nаfardan oʻquvchi tаhsil olishi belgilаndi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida“.
- ↑ „Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tashkil etildi.“.
- ↑ „Yangi o‘quv yilida ijod maktablarining qaysi sinflariga o‘quvchi qabul qilinishi haqida ma'lumot berildi“.
- ↑ „Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022/23 o‘quv yili uchun qabul jarayoni“. 2023-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.