Koʻk gumbaz masjidi (Qarshi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻk gumbaz masjidi - Qarshidagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr). Shahar tashqarisiga quriladigan namozgoh turidagi chortoq tarhli xonaqoh-ayvonli inshoot. Peshtoq kitobasidagi yozuvda Abdullaxon II nomi va 999 hijriy (159091 mil.) yil saqlangan. Masjid (38,25x19,0 m) yon ayvonlari 14,0x14,6 m, uch qismdan iborat.

Markazda rejaga muvofiq asosiy xonaqoh tarhi 8x8 m, balandligi 14 m, ikki yon qanotiga tomi qubbali (diametri 4 m), qoʻsh ravoqli peshayvon joylashgan. Xonaqoh qoʻsh gumbazli, tashqi koʻk gumbazi (nomi ham shundan) saqlanmagan. Mehrob yuqorisi muqarnasli guldor oʻsimliksimon naqsh, ichki gumbaz osti bagʻallariga 8 ta mayda ravoqchalar ishlanib, oralikdagi boʻshliq toʻrsimon bezak bilan pardozlangan. Gʻarbiy tarzidagi mehrob ravogʻi tashqi tomonidan bir oz turtib chiqqan. Bezaklari 16-asr ga xos boʻlib, asosan (tashqi qismi peshtoq ravogʻi, tashqi gumbaz, xonaqoh izoralarida, sopol zaminida), koʻk, havo rang va oq boʻyoqlardan foydalanilgan. Inshoot hashami va oʻlchamlari jihatidan Buxoro namozgohidan ancha yuqori boʻlgan. Qayta taʼmir (1970)da poygumbazdagi yozuvlar tiklangan. 199596 yillarda taʼmirlanib, asl holatiga keltirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil