Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
(QarMII)
Xalqaro nomi ingl. KARSHI ENGINEERING ECONOMIC INSTITUTE[1]
rus. КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ
Asos solingan 1975-yil
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Maxmudov Nazirilla Nasimxanovich [2]
Talabalari 4860+[3]
Bakalavriat 28 ta yoʻnalish[3]
Magistratura 12 ta mutaxassislik[3]
Fan doktorlari 32[3] ta
O‘qituvchilar 377[3] ta
Manzili Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225 uy, pochta indeksi: 180100
Vebsayti qmii.uz

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti — qishloq xoʻjaligi, neft va gaz sanoati, elektr va issiqlik energetikasi, oziqovqat sanoati, kimyoviy texnologiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari hamda taʼlim sohasi uchun yuqori malakali muhandislar, iqtisodchi va muhandispedagog bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. U Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Qarshi filiali negizida 1992 yilda tashkil etilgan. Institutda 28 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 12 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar va doktaranturada 7 ixtisoslik boʻyicha ilmiypedagogik xodimlar tayyorlanadi. Institutda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash, xalq xoʻjiligi iqtisodiyoti, agronomiya, neft va gaz ishi, elektrotexnologiya sohalari boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. institut qoshida litseyinternat, akademik litsey, biznes maktablari, mutaxassislar malakasini oshirish boʻlimi, "Iqtidorli talabalar bilan ishlash", "Axborot texnologiyalari va masofaviy taʼlim" markazlari, kichik bosmaxona faoliyat koʻrsatadi. Institutda 27 ta kafedra, kutubxona (230 ming kitob) mavjud. Institut tashkil etilgandan buyon 18 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis va bakalavrlar tayyorlandi. institut Rossiya, AQSH, Germaniya, Turkiya, Latviya, Gretsiya, Litva, Portugaliya, Ruminiya, Polsha va boshqalar mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Institutda talabalarning dam olish oromgohi, sogʻlomlashtirish markazi, sport saroyi mavjud.

Tarixi[tahrir]

Institut dastavval 1975 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali deb yuritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi 356-sonli farmoniga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining Qarshi filiali negizida Qarshi agrar - iqtisodiyot instituti tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyundagi 211-sonli qaroriga asosan Qarshi agrar - iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat texnika universiteti Qarshi filiali negizida Qarshi muhandislik-iktisodiyot instituti tashkil qilingan.

Manbalar[tahrir]

  1. KARSHI ENGINEERING ECONOMIC INSTITUTE ((ingl.)). University Directory. 17-iyul 2014.
  2. КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ ((rus.)). goldenpages.uz. 17-iyul 2014.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 TIMI tarixi. TIMI. 17-iyul 2014.

Adabiyotlar[tahrir]

Havolalar[tahrir]