Qarshi namozgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qarshi namozgohi, Koʻk gumbaz — Qarshi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (159091). Xonaqoh peshtoqgumbazli (qoʻsh gumbazning tashqi gumbazi qulab tushgan), peshtoqning ikki yonida simmetrik 4 tadan joylashgan xonalar balxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq koshinlar bilan bezatilgan, kitobalariga Qurʼon oyatlari bitilgan; Abdullaxon nomi va sanasi zikr etilgan yozuvlar saqlangan. Bino oldi tomonidan namozxonlar uchun maydon ajratilgan.