Qarshi davlat universiteti
Xalqaro nomi |
Karshi State University |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1945-yil |
Rektori | Dilmurod Nabiyev |
Fakultetlar | 13 |
Talabalari | 17 000 dan ortiq |
Bakalavriat | 65 |
Magistratura | 26 |
Doktorantura | 27 |
Manzili |
Qarshi shahar, Koʻchabogʻ, 17-uy, |
Veb-sayti | qarshidu.uz |
Qarshi davlat universiteti – Oʻzbekistondagi ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, 1992-yil 15-martda Qarshi pedagogika instituti (1945-yilda asos solingan) negizida Qarshi shahrida tashkil etilgan. Hozirgi Qarshi davlat universiteti 1945-yil 1-sentyabrda Buxoro birlashgan pedagogika va oʻqituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan. 1992-yil 28-fevralda Prezident Qarori bilan Qarshi davlat universiteti maqomi berildi. QarDU Janubiy mintaqa taʼlim bozorida yetakchi oʻrinni egallaydi. 2005-yilgacha universitet 40 mingga yaqin mutaxassis tayyorladi. 1993-yildan aspirantura faoliyat koʻrsatadi (9 mutaxassislik boʻyicha)[1]. Har yili Qarshi davlat universitetiga 1000 dan ziyoda talaba qabul qilinadi[2][3].
Professor-oʻqituvchilari tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004—2005-oʻquv yilida Qarshi davlat universitetida 535 oʻqituvchi jumladan, 22 fan doktori va professor, 169 fan nomzodi va dotsent ishladi. Qarshi davlat universitet faoliyati G.Xudoyberganov, M. Ochilov, O. Joʻraqulov, B. Aminov, Sh. Qurbonov, B. Hayriddinov, A.Vardiyashvilli, S.Mustafoyev, D. Toʻrayev, P. Ravshanov, B.Yoʻldoshev, A. Jabborov va boshqa professor oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq.
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qarshi davlat universitetida hozirgi kunda 13 ta fakultet mavjud boʻlib ular quydagilar:
- Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti;
- Kimyo-biologiya fakulteti;
- Sanʼatshunoslik fakulteti;
- Sport fakulteti;
- Filologiya fakulteti;
- Tarix fakulteti;
- Pedagogika fakulteti;
- Xalqaro taʼlim dasturlari fakulteti;
- Fizika fakulteti;
- Xorijiy tillar fakulteti;
- Geografiya va agronomiya fakulteti;
- Tibbiyot fakulteti;
- Iqtisodiyot fakulteti.
Oʻquv-uslubiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020—2021-oʻquv yilidan boshlab Qarshi davlat universitetida oʻquv jarayoni kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimi – ECTS asosida tashkil qilingan. Davlat taʼlim standarti, oʻquv reja va oʻquv dasturlar (sillabuslar) ECTS tizimi talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan, zamon talablariga mos yangi fanlar kiritilib, fanlarni oʻqitish soatlarining qayta koʻrib chiqilishi taʼminlangan.
Talabalar tomonidan tanlov fanlarni tanlash imkoniyati yaratilgan, ularning mustaqil oʻzlashtirishi masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, oʻquv rejalarida talabalarning mustaqil taʼlim olishiga oʻquv yuklamalarning 60% ajratilishi taʼminlangan.
Fan dasturlari (sillabuslar) xalqaro reytinglarda yuqori 300 talikda boʻlgan oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida 3 ta tilda (oʻzbek, rus, ingliz) tayyorlanib, oʻquv jarayoniga joriy etilgan. Nomutaxassislik fanlari ulushi 22% dan 10% foizga kamaytirildi.
Oʻquv jarayonini tashkil qilishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib kelingan. Jumladan, 2020—2021-oʻquv yilidan boshlab MOODLE-obyektga yoʻnaltiriiti asosida masofaviy taʼlim platformasi ishga tushirilgan.
Xalqaro hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qarshi davlat universiteti ayni paytda universitet 70 dan ortiq xorijiy taʼlim muassasalari bilan taʼlim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik shartnomalari va almashinuv memorandumlari tuzib ular bilan faol ishlab kelmoqda.
Qarshi davlat universiteti bir qator yirik xalqaro ilmiy va taʼlim loyihalari (Erasmus+, Erasmus Mundus va boshqalar) aʼzosi hisoblanadi. Hozirda Qarshi davlat universiteti Erasmus+ dasturining kredit mobilligi loyihasi doirasida Slovakiyaning Konstantin falsafa universiteti, Ispaniyaning Xaen universiteti va Polshaning Zelena Gora universitetlari bilan oʻzaro hamkorlik kelishuvlari imzolangan.
Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish rejasiga asosan,Qarshi davlat universitetining Xalqaro taʼlim dasturlari fakultetida Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda 6 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va 4 ta magistratura mutaxassisliklari boʼyicha kadrlar tayyorlash yoʼlga qoʼyildi.
Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti va Grodno davlat universitetlari hamkorligida filologiya, biologiya, lingvistika, davolash ishi, pediatriya ishi, amaliy matematika yoʼnalishlari boʼyicha 220 nafar bakalavrlar, 26 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Qoʼshma taʼlim dasturlarida taʼlim sifatini oshirish maqsadida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida 94 nafar, magistratura mutaxassisliklarda 56 nafar mahalliy va xorijiy professsor-oʼqituvchilar faoliyat koʼrsatmoqda.
Axborot-resurs markazi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kutubxona oliy oʻquv yurtining alohida tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, koʻplab faoliyat sohalarini (oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy) qamrab oladi hamda universitetning taʼlim, ilmiy va madaniy jarayonlarida faol ishtirok etadi. Universitetda „Qarshi universiteti“ gazetasi (1966-yildan), „Nasaf ziyosi“ jurnali (2004-yildan) nashr etiladi. 2001-yildan noshirlik markazi faoliyat yuritadi, u universitet professoroʻqituvchilarining monografiyalari, darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarini nashrga tayyorlaydi.
Sport klublari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qarshi davlat universitetining „Lochin“ nomli voleybol va futbol jamoalari mavjud.
„Lochin“ voleybol klubi voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Jamoa 2025-yil 27-yanvar kuni ushbu maqsadlarini eʼlon qilgan.
„Lochin“ futbol klubi esa 2025-yil aprel oyida futbol boʻyicha Oʻzbekiston Birinchi ligasiga qabul qilindi. Bu orqali universitet qoshida tashkil etilgan jamoa professional futbol musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |