Xoʻja Qurbon madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Madrasa
Xoʻja Qurbon madrasasi
MosqueICO.png
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Manzil Darvozatutak MFY
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Xoʻja Qurbon
Homiylar Xoʻja Qurbon
Asosiy sana:
Maqomi davlat himoyasida[1]
Qurilish materiali Pishiq g'isht


Xoʻja Qurbon madrasasi - Qarshidagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Madrasa murabba tarxli (21,25x21 m), bosh tarzi peshtoq bilan ajratilgan, pishiq gʻisht (21x24x4 sm)dan kurilgan. Kichik hovli (10,7x9,1 m) atrofi hujralar bilan oʻralgan; hujralar murabba tarxli, balxi gumbazli. Peshtokdan gumbazli miyonsaroy orqali hovliga oʻtiladi. Miyonsaroyga faqat bir tomondan murabba tarxli darsxona tutash (darsxona devorlariga tokchalar ishlab kengaytirilgan, gumbazi qalqonsimon bagʻallarga tayangan), darsxonaning qaramaqarshi tomonini bir juft tor hujralar egallagan. X.Xoʻja qurbon madrasasi sirti silliklangan gʻishtlar bilan tekis ishlangan.





  1. Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори. Lex.uz. 2020-09-22.