Geolog stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Geolog stadioni
Joyi Qarshi, Oʻzbekiston
Qachon ochilgan 1983-yil
Qachon taʼmirlangan 1993, 1995, 2011, 2020-yillari
Egasi Sevinch futbol klubi
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim
Hajmi 11.000 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Sevinch futbol klubi

Geolog stadioni — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Geolog MFYda joylashgan koʻp maqsadli stadion boʻlib, hozirgi vaqtda ushbu stadiondan asosan futbol sporti oʻtkazilib kelinadi. Stadion PFC Sevinch futbol jamoasining uy stadioni hisoblanadi[1].

Stadion tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi shahrida joylashgan „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-mayda tashkil etilgan boʻlib, ushbu majmuoda erkaklar va ayollar fitnes zallari, suzish suv havzasi hamda sohil futboli (plyaj futboli) oʻynash uchun qumli maydon ham bor.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sevinch“ ayollar futbol jamoasi Oʻzbekiston Oliy ligasidagi uy oʻyinlarini „Geolog“ stadionida oʻtqazadi. „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-may sanasida ochilgan. Stadion oʻz bagʻriga 11.000 ming muhlisni sigʻdira oladi. Stadion oʻlchami 105 x 68 metrni tashkil etadi. „Geolog“ stadioni 1993-yil, 1995-yil, 2011-yillar qayta taʼmirdan oʻtqazilgan. 2020-yil 26-may „Sevinch“ ayollar futbol klubi mashgʻullotlar bazasida taʼmirlash ishlari olib borildi. Stadion chimi tabiiy. Manzil: Nasaf koʻchasi, 5-uy[2].

Geolog stadioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

   Adress     Nasaf koʻchasi, 5-uy.
   Telefon   +998909982880
   Foydalanishga topshirilgan vaqti 1983-yil
   Maydon oʻlchami 105 x 68 metr
   Tomoshabinlar sigʻimi 11.000
   Sektorlar soni    20
   Mehmonlar sektori    5-sektor
   Maydon qoplamasi    „Sportmaster“ (Daniya)
   Yoritish moslamasi    1200 lyuks

Musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan Geolog stadionida Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati va kubok oʻyinlariga mezbonlik qiladi. 2015-yil 16—23-aprel kunlari ilk marotaba Oʻzbekiston superkubogi oʻyinlari oʻtazildi. Birinchi oʻyin 16-aprel kuni Bekobod shahrida oʻtqazildi va oʻyin 0:3 hisobida Sevinch foydasiga hal boʻldi. Ikkinchi oʻyin 23-aprelkuni Qarshi shahri Geolog stadionida oʻtqazildi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi va gollarni 20 daqiqada Zebo Joʻraeva (Sevinch), 22-daqiqada Moxigul Ikromova (Metallurg W) kiritishdi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra Sevinch „Metallurg W“ (Bekobod) jamoasini 4-1 hisobida magʻlub etib superkubok sohibi boʻldi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „“Geolog” madaniyat va sport sog'lomlashtirish majmuasiga fotosayohat“.
  2. „Sevinch (ayollar futbol klubi) uy stadioni“.
  3. „Ayollar futboli tarixida “Sevinch” ilk marta Superkubok sohibi“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]