Charmgar masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charmgar masjidi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Davlat muhofazasida
Turi Masjid

Charmgar masjidi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Charmgar MFYda joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi Charmgar mavzesida joylashgan. Qarshining qadimgi masjidlaridan edi. Charmgar masjidining uch tarafi ayvon bilan oʻralgan. Toʻqqizta yogʻoch ustuni boʻlgan. Qurilgan vaqti aniq, emas. Asosiy bino pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, meʼmoriy ishlanishi mukammal. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha Charmgar masjidi nomi bilan ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmidagi xujjatlarda uchradi. Inqilob davrida omon qolgan. 1945-yil 16-martdan uning faoliyatiga yana rasman ruxsat beriladi. U Koʻk gumbaz bilan birgalikda ikki yil ishlab turadi va 1947-yil 4-apreldan Qarshi shahar mexnatkashlari deputatlari kengashi ijrokumi majlisi qarori bilan yopilib, shahar kutubxonasi va madaniyat ishlari klubiga aylantiriladi. Oradan 7 yil oʻtib, yaʼni 1954-yil mazkur Charmgar masjidi viloyat madaniyat uyi sifatida hali ham xizmat koʻrsatayotgandi. Charmgar masjidi keyinchalik xaroba axvolga tushib qoladi. Xozir taʼmirlanayotgan ekan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.