Sharifboy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sharifboy madrasasi - Qarshidagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Madrasa mudarrisi Sharifxoʻja qurdirgan. Madrasa uncha katta emas, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli. Bosh tarzi markazidagi peshtoqdan miyonsaroy orqali kichik hovliga chiqiladi. Hovli atrofida balxi gumbazli hujralar joylashgan. Gʻarbida peshayvonli masjid bor.