Yillar armoni
Muallif(lar) | Abdulla Oripov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar va dostonlar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1984 |
Sahifalar soni | 568 |

„Yillar armoni“, toʻliq nomi „Yillar armoni: Sheʼrlar va dostonlar“ — oʻzbek shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1984-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan[1]. Toʻplamga muallifning eng mashhur sheʼrlari va dostonlari kiritilgan.
Toʻplam kirish soʻzini Matyoqub Qoʻshjonov yozgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: B. Norboyev – muharrir, V. Loginov – rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, S. Tohirova – musahhih. Kitob adadi – 35 000 nusxa.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Yillar armoni“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 14-noyabr 2016-yil.
![]() |