Robert Aumann
Jump to navigation
Jump to search
Robert Aumann (1930, Germaniya) – isroillik iqtisodchi (1938 yil Amerikaga koʻchib oʻtgan, 1956 yildan Quddusda. AQSH va Isroil fuqaroligiga ega). Massachusets texnologik institutida doktorlik ilmiy darajasini olgan. Quddus yahudiy universiteti profes-sori. 20-asr nish 90-yillari boshidan Isroil matematiklar ittifoqi prezidenti. Yahudiy matematiklar jamiyati jurnali muharriri. "Talmuddagi oʻyinlar nazariyasi" asari mashhur. Ilmiy ishlari oʻyinlar nazariyasi asosida ijtimoiy muammolar, jumladan toʻqnashuvlar va hamkorlik masalalariga bagʻishlangan, narxlar va savdo urushlari kabi iqtisodiy ixtiloflarning kelib chiqishi tabiati ochib berilgan. Nobel mukofoti laureati (2005; Thomas Schelling bilan birga)[1].
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |