Kontent qismiga oʻtish

Dildorbek Rahmonov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„{{Shaxsiyat | ismi = Дилдорбек Ўринбоевич Раҳмонов | asl ismi = рус. Рахманов Дилдарб...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

5-yanvar 2016, 09:56 dagi koʻrinishi

Дилдорбек Ўринбоевич Раҳмонов
рус. Рахманов Дилдарбек Урунбаевич
Tavalludi 11.03.1941
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI Qirgʻiziston
Turmush oʻrtogʻi Matlyubaxon Umarova (27.04.1952)
Bolalari Dilafruz (10.02.1971), Dilmurod (9.01.1973), Nargiza (18.06.1976), Nasimiy (6.07.1978), Doniyor (5.12.1982), Nozima (23.06.1985)
Otasi Oʻrinboy Rahmonov - jamoat arbobi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi artisti, jurnalist va shoir.
Onasi Tursunxon Toʻychiboyeva 1918 - 19.05.1954 Andijon shahrida tugʻilgan.

Dildorbek Rahmonov (1941 — Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining artisti, jurnalist va shoir[1].

Xayot yoʻli

Dildorbek Oʻrinboyevich Rahmonov 1941 yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va artisti, Oʻshda taniqli jamoat arbobi Oʻrinboy Rahmonov boʻlgan[2].

1957 yili Qoʻqon tayyorlov kontorasida oddiy ishchi boʻlib ishlagan. 1958-1960 yillari oʻrta maktabni, har xil tayyorlov kurslarini va shofyorlikni tamomlab, 1960 yili armiya safiga ketib, 1963 yil dekabrida keldi va 1964 yili Oʻshdagi politexnika oliygoxining kechki va sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirdi. 1963-1993 yilgacha haydovchi, aktyor, katta metodist, master, prorab, PTO muhandisi, ombor mudiri, bosh muhandis, fotokorrespondent, xalq nazoratchisi lavozimlarida ishlagan. 1993-2002 yilgacha ishbilarmonlik bilan shugʻullangan.

2002 yildan nafaqaga chiqqan, 2003-2004 yillari hojiga Makka va Madinaga borib 42 kun tavob qilib kelgan.

Dildorbek Rahmonovning Oʻsh shahrining qadimgi tarixi va uning turgʻunlari xaqidagi 40 dan oshiq maqolalari gazetalarda nashr etilgan. Boʻsh vaqtida sheʼrlar yozadi.

Dildorbek hoji Rahmonovning kinofilmlarda va Oʻsh shahar Bobur nomli teatr sahnasida baʼzi bir ijro etgan rollari, asarlar roʻyxati. „Qirgʻizfilm“ kinostudiyasining „Koʻcha“ (1972 yil) badiiy filmida epizodik rol, „Qurmonjon Dodxo“ (2014 yil, film rejissyori Sadik Sher-Niyaz) badiiy filmida oʻzbek chol roli[3]. . Turmush oʻrtogʻi Matlyubaxon Umarova „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining „Temur Malik“ (1970 yil) rejissyor Latif Fayziyev kinofilmida epizodik rol oʻynagan.

Dildorbek Rahmonov Oʻsh shahrining Bobur nomli teatrida ijodiy faoliyati: 1957-1958 yillar, 1963-1968 yillar. Tomoshabinlarga quyidagi oʻynagan bosh va epizodik rollari yoqqan: „Ravshan va Zulxumor“dagi jarchi, „Otello“dagi 1 senator, „Aldangan qiz“dagi Gʻani bosh roli, „Pushaymon“dagi bosh roli, „Yoriltosh“dagi lashkarboshi, „Orzigul“, „Adolat“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Tohir va Zuxro“, Avaz Oʻtar pesasidagi rollari. Bundan tashqari koʻplab rollarni oʻynagan va konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Dildorbek Rahmonov koʻplab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 3 oʻgʻli va 3 qizi, 22 ta nevarasi, 2 ta chevararsi bor[4].

Dildorbek Rahmonovning Oʻsh shahar Bobur nomli teatr sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati

Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Manbalar

  1. Актёрская династия
  2. Рахмонов, Д. [[1] „Они стояли у истоков“]. ЭхоОша (2011-yil 11-iyun). Qaraldi: 20 сентября 2015.
  3. Персоны Центразии
  4. Биографии знаменистостей

Havolalar