Dildorbek Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Дилдорбек Ўринбоевич Раҳмонов
рус. Рахманов Дилдарбек Урунбаевич
Tavalludi 11.03.1941
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI Qirgʻiziston
Turmush oʻrtogʻi Matlyubaxon Umarova (27.04.1952)[1]
Bolalari Dilafruz (10.02.1971), Dilmurod (9.01.1973), Nargiza (18.06.1976), Nasimiy (6.07.1978)[2], Doniyor (5.12.1982), Nozima (23.06.1985)
Otasi Oʻrinboy Rahmonov - jamoat arbobi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi artisti, jurnalist va shoir.
Onasi Tursunxon Toʻychiboyeva 1918 - 19.05.1954 Andijon shahrida tugʻilgan.

Dildorbek Rahmonov (1941) — Qirgʻiziston jamoat arbobi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining artisti, jurnalist va shoir[3].

Hayot yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dildorbek Oʻrinboyevich Rahmonov' 1941 yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va artisti, Oʻshda taniqli jamoat arbobi Oʻrinboy Rahmonov boʻlgan[4].

1957 yili Qoʻqon tayyorlov idorasida oddiy ishchi boʻlib ishlagan. 1958-1960 yillari oʻrta maktabni, har xil tayyorlov kurslarini va haydovchilikni tamomlab, 1960 yili armiya safiga ketib, 1963 yil dekabrida keldi va 1964 yili Oʻshdagi politexnika oliygohining kechki va sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirdi. 1963-1993 yilgacha haydovchi, aktyor, katta metodist, master, prorab, PTO muhandisi, ombor mudiri, bosh muhandis, fotokorrespondent, xalq nazoratchisi lavozimlarida ishlagan. 1993-2002 yilgacha ishbilarmonlik bilan shugʻullangan.

2002 yildan nafaqaga chiqqan, 2003-2004 yillari hojiga Makka va Madinaga borib 42 kun tavob qilib kelgan.

Dildorbek Rahmonovning Oʻsh shahrining qadimgi tarixi va uning turgʻunlari xaqidagi 50 dan oshiq maqolalari va sheʼrlari gazetalarda nashr etilgan. Boʻsh vaqtida sheʼrlar yozadi[5].

Dildorbek hoji Rahmonovning kinofilmlarda ijro etgan rollari: „Qirgʻizfilm“ kinostudiyasining „Koʻcha“ (1972 yil) badiiy filmida epizodik rol, "Qurmonjon Dodxo" (2014-yil, film rejissori Sadik Sher-Niyaz) badiiy filmida oʻzbek chol roli[6]. Turmush oʻrtogʻi Matlyubaxon Umarova „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining „Temur Malik“ (1970 yil) rejissor Latif Fayziyev kinofilmida epizodik rol oʻynagan.

Dildorbek Rahmonov Oʻsh shahrining Bobur nomli teatrida ijodiy faoliyati: 1957-1958 yillar, 1963-1968 yillar. Tomoshabinlarga quyidagi oʻynagan bosh va epizodik rollari yoqqan: "Ravshan va Zulxumor"dagi jarchi, „Otello“dagi 1-senator, „Aldangan qiz“dagi Gʻani bosh roli, „Pushaymon“dagi bosh roli, „Yoriltosh“dagi lashkarboshi, „Orzigul“, „Adolat“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Tohir va Zuhra“, Avaz Oʻtar pyesasidagi rollari. Bundan tashqari koʻplab rollarni oʻynagan va konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Dildorbek Rahmonov koʻplab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. 3 oʻgʻli va 3 qizi, 22 ta nevarasi, 2 ta chevarasi bor[7].

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Oʻzbekcha nomi Haqiqiy nomi Roli
1972 Koʻcha Kocho Epizod
2014 "Qurmonjon Dodxo" "Kurmanjan datka" Oʻzbek chol

Dildorbek Rahmonovning Oʻsh shahar Bobur nomli teatr sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Yozgan kitobi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻsh va Oʻratepa shaharlarini boshqargan mingboshilar avlodidan Rahmonovlarning tarixi“, 420 b, Oʻsh shahri, 2016-yil[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Персоны Центразии, 2016-03-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-05
  2. Персоны Центразии, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-05
  3. Aktyorskaya dinastiya, 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-03
  4. Рахмонов, Д. [[1] „Они стояли у истоков“]. ЭхоОша (2011-yil 11-iyun). Qaraldi: 20 сентября 2015.
  5. „Dildorbek Rahmonovning sheʼrlari“. 2016-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-fevral.
  6. Personi Tsentrazii, 2016-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-05
  7. Biografii znamenistostey
  8. „Bibliograficheskiy katalog“. 2018-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]