Qobul Tursunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qobul Beknazarovich Tursunov
 Navoiy viloyati hokimi
Mansab davri
25-dekabr 2016-yil – 8-noyabr 2021-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Erkinjon Turdimov
Vorisi Normat Tursunov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-mart 1964-yil (1964-03-30) (60 yosh)
Navoiy tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat texnika universitetining Navoiy filiali (1993)
Buxoro davlat universiteti (2004)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2005)
Mukofotlari [1]

Qobul Beknazarovich Tursunov (1964-yil, Navoiy tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. Nurota tumani hokimi va Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. 2016-yil 25-dekabrdan 2021-yilga qadar Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan.[2][3] 2015-yilda III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1964-yilda Buxoro viloyatining Navoiy tumanida (hozirda Navoiy viloyatida joylashgan) tavallud topgan[4].
  • 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetining Navoiy filialini, 2004-yilda Buxoro davlat universitetini, 2005-yilda esa Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[4].
  • 1981-1986 — Navoiy tumani 18-koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasida boshlagan. Bu yerda ishchi, keyinchalik xaridlar boʻyicha iqtisodchi boʻlib ishlagan.
  • 1986-1989 — „Davlatagrosanoat“ qoʻmitasi bosh axborot-hisoblash markazining Navoiy shahridagi 41-boʻlimi yetakchi muhandisi.
  • 1989-1997 — „Oʻzmatlubotqurilish“ trestiga qarashli „Navoiy“ koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi moliya-iqtisodiyot boʻlimi iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi, trest direktorining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari.
  • 1997-2006 — „Qizilqumsement“ aksiyadorlik jamiyati taʼminot boʻlimi etakchi mutaxassisi, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi.
  • 2006-2012 — Navoiy shahar „Baxt-Textile“ qoʻshma korxonasi bosh direktori oʻrinbosari, keyinchalik direktori.
  • 2012-2016 — Nurota tumani hokimi.
  • 2015-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi[4].
  • 2016-2021 — Navoiy viloyati hokimi[4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
  2. Xokimom Navoiyskoy oblasti stal Kabul Tursunov
  3. „Navoiy viloyati hokimi oʻzgardi“. Kun.uz (8-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Турсунов Кобул Бекназарович“. Navoi.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  5. Mirziyoev naznachil xokimom Navoiyskoy oblasti Kabula Tursunova