Ilgizar Sobirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilgizar Sobirov
Илгизар Собиров

Hamid Ansoriy va uning rafiqasi Salma Ansoriy Oliy Majlis Senati raisi Ilgizar Sobirov bilan Toshkent xalqaro aeroportida
Xorazm viloyatining hokimi
Mansab davri
2017-yildan – 2018-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Poʻlat Bobojonov
Vorisi Farhod Ermanov
Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Sеnatining Raisi
Mansab davri
2006-yildan – 2015-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Murod Sharifxoʻjayev
Vorisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-fevral 1959-yil (1959-02-20) (65 yosh)
Qoʻshkoʻpir, Xorazm viloyati, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Ilgizar Matyoqubovich Sobirov (oʻzbekcha: Илгизар Матёқубович Собиров; 20-fevral 1959-yil, Qoʻshkoʻpir, Xorazm viloyati) – Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi (2006-2015), Xorazm vioyati adliya boshqarmasi boshligʻi (2015-2017), Xorazm viloyati hokimi (2017-2018)[1], yuridik fanlar nomzodi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yilda Toshkent universitetini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2005-yilda Mеhnat shuhrati ordеni bilan mukofotlangan.

1986-1987-yillarda – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti yoshlar tashkilotining kotibi, „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ kafedrasi xodimi.

1988-1992-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti „Jinoyat huquqi va kriminologiya“ sektori ilmiy xodimi.

1992-1993-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining katta yordamchisi.

1993-1994-yillarda – Toshkent davlat yuridik institutining xalqaro munosabatlar va tarbiyaviy ishlar masalalari boʻyicha prorektori.

1994-1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yordamchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi, Oliy xoʻjalik sudi Plenumi va hayʼatining kotibi.

1997-1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspert guruhi konsultanti.

1999-2000 – Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi.

2000-2003 – Oliy Majlisning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oliy Majlisning qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi.

2003-2005 – Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimi.

2005-2006 – Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi.

2006-yil 24-fevraldan 2015-yil 23-fevralgacha – Oliy Majlis Senatining Raisi. „Milliy tiklanish“ Oʻzbekiston demokratik partiyasi aʼzosi.

2015-2017 – Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshligʻi.

2017-yildan 2018-yilgacha – Xorazm viloyati hokimi[2].

2018-yil 5-oktyabrdan – Chilonzor tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]