Fahriddin Shamsiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fahriddin Shamsiddinov
 Oʻzbekiston KP Fargʻona viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1965-yil aprel – 1978
Oʻtmishdoshi Gank Gabrielyants
Vorisi Hamdam Umarov
 Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1963-yil fevral – 1965-yil aprel
Oʻtmishdoshi Narmaxonmadi Xudoyberdiyev
Vorisi Nuriddin Murodov
 Oʻzbekiston KP Xorazm viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1960-yil may – 1963-yil fevral
Oʻtmishdoshi Madraim Raxmonov
Vorisi Bektosh Rahimov
Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1955 – 1959-yil mart
Oʻtmishdoshi Ahmadali Rizayev
Vorisi Sobir Kamolov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1907-yil
Fargʻona viloyati Rossiya imperiyasi
Vafoti 1983-yil 15-noyabr
Fargʻona Oʻzbekiston SSR SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti
Mukofotlari


„Shon-sharaf belgisi“ ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Faxriddin Shamsiddinovich Shamsiddinov (19071983-yil 15-noyabr) — sovet va oʻzbek davlat va partiya yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1965—1978), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1972).

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

1935-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. 1942-yildan KPSS (b) a'zosi.

  • 1924—1929-yillarda boshlang'ich sinf o'qituvchisi
  • 1935—1942-yillarda muhandis, sug‘orish tizimi boshlig‘i, katta muhandis, viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i,
  • 1942—1945-yillarda tuman Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,
  • 1945—1947-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Marhamat tuman qoʻmitasi birinchi kotibi (Andijon viloyati),
  • 1947—1951-yillarda Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vaziri;
  • 1951—1953-yillarda Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari;
  • 1953—1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudirining oʻrinbosari,
  • 1954—1955-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi kotibi,
  • 1955—1959-yillarda Farg‘ona viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,
  • 1959—1960-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi kotibi,
  • 1960—1963-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi,
  • 1963—1965-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi,
  • 1965—1978-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi kabi mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Keyinchalik Katta Farg‘ona kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i.

SSSR Oliy Kengashining 7-9-chaqiriq deputati.

Mukofotlar va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1972).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]