Qallibek Kamolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qallibek Kamolovich Kamolov
 Qoraqalpogʻiston Kompartiyasi 1-kotibi
Mansab davri
1963-yil – 1984-yilgacha
Oʻtmishdoshi Nosir Mahmudov
Vorisi Hakimbek Solihov
 Qoraqalpoq ASSR Ministrlar soveti raisi
Mansab davri
1959-yil – 1963-yil
Oʻtmishdoshi Navruz Japaqov
Vorisi Erejep Aytmuratov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-mart 1926-yil (1926-03-18) (98 yosh)
Mukofotlari
«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Qallibek Kamolov (1926-yilda tugʻilgan) – Qoraqalopogʻiston davlat arbobi, ministrlar soveti raisi (19631984).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Millati qoraqalpoq. 1947-yilda Qoraqalpoq oʻqituvchilar institutini tamomlagan. 1955-yilda Qoraqalpogʻiston pedagogika institutini (sirtdan) tamomlagan.

1946-yildan KPSS aʼzosi. 1971 – 1986-yillarda Markaziy Qoʻmita aʼzoligiga nomzod. KPSS XXII[1] va XXVI[2] qurultoylari delegati boʻlgan. 6—11-chaqiriqlar SSSR Oliy Kengashi deputati: Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi (6-chaqiriq, 1962-1966) [3] va Oʻzbekiston SSR (7—9-chaqiriqlar, 1966—1979) Millatlar Kengashi deputati.)[4][5][6], Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasidan Ittifoq Kengashi (10—11-chaqiriq, 1979-yil mart – 1984-yil mart, 1984 yil mart – noyabr)[7][8]. 1984-yil 16-noyabrda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan Kamolovning deputatlik vakolatlari ularni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan holatlar tufayli isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi shaxsiy arizasi tufayli muddatidan oldin tugatildi. U 1987-yilda „paxta ishi“ga aralashgan[9]. SSSR Prezidentining 1990-yil 15-iyundagi farmoni bilan u sudlangan va barcha mukofotlaridan mahrum etilgan.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

1947-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tugatgan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1942—1947-yillarda oʻrta maktab oʻqituvchisi sifatida ishlagan. 1947-yildan davlat amaldori sifatidagi faoliyati boshlangan. 1949-yilda oblast yoshlar tashkiloti birinchi kotibi etib tayinlandi[10]. 1951—1952-yillarda Qoraqalpoq ASSR ministrlar soveti raisining oʻrinbosari, 1952—1953-yillarda Nukus shahar ijroiya soveti raisi, 1953—1956-yillarda Qoraqalpogʻiston kommunal xizmatlar vaziri, 1956—1958-yillarda Qoraqalpogʻiston transport vaziri, 1958—1959-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR KP MK 1-kotibi, 1959—1963-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR minisrlar soveti raisi, 1963—1984-yillarda Qoraqalpogʻiston ASSR KP MK 1-kotibi, 1984—1986-yillarda SSSRning Kostansa (Ruminiya)dagi konsuli[11][12] vazifalarida faoliyat olib borgan. Umumiy hisobda 6 marotaba sobiq Ittifoq Oliy Kengashiga deputat etib saylangan[10] Paxta ishi boʻyicha sudlangan[13].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda „El-yurt hurmati ordeni“ bilan mukofotlandi[14], Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973), Lenin ordeni (1971-yil 27-avgust; 1973-yil 12-oktyabr; 1976-yil 25-dekabr), Oktyabr inqilobi ordeni (1980-yil 3-aprel), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1965-yil 3-yanvar), „Shon-sharaf belgisi“ ordeni (17-dekabr 1949-yil; 11-yanvar 1957-yil), „Mehnat jasorati uchun“ medallari (28-oktyabr 1949-yil; 25-dekabr 1959-yil)[15] bilan taqdirlangan

1989-yil 25-dekabrda SSSR Oliy sudi tomonidan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 1990-yil 15-iyunda SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov Kamolovni Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va davlat mukofotlaridan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi kotibining oʻgʻli Sharof Rashidov Kamolovning qiziga, Kamolovning oʻgʻli esa Rashidovning jiyaniga uylandi, uning otasi taniqli olim, Butunittifoq qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining aʼzosi edi. 2020-yil oktabrdan 2022-yil avgustigacha Q.Kamolovning oʻgʻli Murat Qoraqalpogʻiston Respublikasini Joʻqorgʻi Kengesi (parlamenti) raisi sifatida boshqargan.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qallibek Kamolov „El xizmatida“ xotira kitobining muallifi[10].

Sharof Rashidovning topshirig‘iga asosan 1963-yil erta bahorda Toshkentdan bog‘dorchilik sohasining akademigi hisoblangan atoqli bog‘bon Rizamat akani respublikamizga taklif qildik. Ana shu oqsoqol boshchiligida Nukusdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talabalari ko‘magida qariyb 2 ming gektar maydonga turli mevali daraxt nihollari ekildi. Mazkur bog‘ni hosilga kirguncha uch-to‘rt yil vaqt davomida davlat mablag‘i hisobidan asrab-avaylab, parvarishladik

— Qallibek Kamalov, [16]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yilda Lyubov Semyonovna Kamalova (1927—2022) bilan turmush qurgan[17]. Qallibek Kamolovning qizi Sharof Rashidovning oʻgʻli – Ilhomga turmushga chiqqan. 4 nafar farzandlari bor. Oʻgʻli – Murod Kamolov, 2018—2022-yillarda Joʻqorgʻi Kenges raisi boʻlgan[18]. U Sharof Rashidovning jiyaniga uylangan[19][20][21].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Материалы 22 съезда КПСС. Стенографический отчет.“. 2015-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyun.
  2. „XXVI съезд Коммунистической партии Советского Союза 23.2 — 3.3.1981“. 2009-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyun.
  3. „Список депутатов Верховного Совета СССР 6-го созыва“. 2013-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
  4. „Список депутатов Верховного Совета СССР 7-го созыва“. 2012-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
  5. „Список депутатов Верховного Совета СССР 8-го созыва“. 2012-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
  6. Andoza:Книга:Депутаты Верховного Совета СССР 9 созыва
  7. „Список депутатов Верховного Совета СССР 10-го созыва“. 2012-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
  8. „Список депутатов Верховного Совета СССР 11-го созыва“. 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
  9. Vladimir Pletinskiy – Iz bilogo
  10. 10,0 10,1 10,2 „Қаллибек Камолов: Тақдиримиз ягона, дардимиз ўхшаш, ютуқларимиз умумий“. www.yuz.uz. Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.
  11. Materiali 22 sʼezda KPSS. Stenograficheskiy otchet., 2015-07-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-06-02
  12. XXVI sʼezd Kommunisticheskoy partii Sovetskogo Soyuza 23.2 – 3.3.1981
  13. Vladimir Pletinskiy – Iz bilogo
  14. http://press-service.uz/uz/lists/view/960[sayt ishlamaydi]
  15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti[sayt ishlamaydi]
  16. https://yuz.uz/news/qallibek-kamolov-taqdirimiz-yagona-dardimiz-oxshash-yutuqlarimiz-umumiy
  17. Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovga hamdardlik bildirdi
  18. https://m.kun.uz/news/2020/10/02/qoraqalpogiston-joqorgi-kengesiga-yangi-rais-saylandi
  19. Olenev M. – Genealogiya sovetskoy parteliti
  20. Kamalov Kallibek, biografiya
  21. Biografiya