Hamidjon Neʼmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamidjon Neʻmatov
 Farg'ona viloyati hokimi
Mansab davri
2009-yil – 2011-yil
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Mamat Gʻofurov
Vorisi Shuhrat Gʻaniyev
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Hamidjon Xalikovich Neʼmatov — Oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi, 2009-yil avgustdan 2011-yil 5-noyabrgacha Fargʻona viloyati Hokimi boʻlib ishlagan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati prokurori va Oʻzbekiston Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan[1]. 2009-yil avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2010-yil 19-yanvarda u lavozimiga tasdiqlandi[2][3]. 2011-yil 5-noyabrda u viloyat deputatlari Kengashi tomonidan lavozimidan chetlashtirildi[4]. 2011-yil 5-noyabrdan Hamidjon Neʼmatovning oʻrnini Shuhrat Gʻaniev egalladi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamidjon Ne'matov 2004-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni va 2010-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]