Rasul Gʻulomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rasul Gʻulomovich Gʻulomov
Tavalludi 1911-yil
Vafoti nomaʼlum
Bolalari Malik Abdurazakovich Abdurazakov
Mukofotlari

Rasul Gʻulomovich Gʻulomov (1911-yil) – sovet va oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi raisi (1959–1961 va 1988–1990)[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasul Gʻulomovich Gʻulomov 1930-yilda pedagogika texnikumini, 1955-yilda Butunittifoq Kommunistik partiyasi qoshidagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1930-yilda Margʻilon shahrida boshlagan. U yerda Federal oʻquv muassasasi oʻquv boʻlimiga rahbarlik qilgan. U Oʻzbekiston komsomol tashkilotlarida, Toshkent shahar Oktyabr tuman ijroiya qoʻmitasida (instruktor, katta instruktor), Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumida (rasi yordamchis), „Toshpromtorg“da (direktor) ishlagan.

1945-yilda Oʻzbekiston KPMK kadrlar boʻlimi instruktori, Oʻzbekiston KPMK kadrlar boʻlimi madaniyat va maʼrifat sektori mudiri va Oʻzbekiston KPMK kadrlar boʻlimi mudirining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

1945–1948-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti targʻibot va tashviqot boʻlimi mudirining oʻrinbosari boʻlgan.

1948–1951-yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari boʻlgan.

1951–1952-yillar hamda 1955-1956 yillar davomida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1956–1958-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlib ishlagan[2].

1957–1959-yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

1959–1961-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlgan.

1959–1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining raisi boʻlgan.

1964-yildan boshlab OʻzSSR Davlat kino qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivali bosh direktorining oʻrinbosari boʻlgan.

1987–1990-yillarda Oʻzbekiston urush va mehnat faxriylari kengashi raisi boʻlgan.

1988–1990-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining raisi boʻlgan[3].

II, III, IV, V chaqiriq OʻzSSR Oliy Kengashi deputati, III chaqiriq Oliy Kengash Prezidiumi aʼzosi (1950–1955) etib saylangan. KPSS XX, XXI, Oʻzbekiston Kompartiyasi X, XIII, XIV, XV qurultoylariga delegat boʻlgan. Oʻzbekiston KPMK Byurosi aʼzoligiga saylangan (1957).

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasul Gʻulomovich Gʻulomov uchta „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni, ikkita „Hurmat Belgisi“ ordeni, medallar, OʻzSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorliqlari, SSSR Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining ikkita Katta oltin medali va „Katta Fargʻona kanali qurilishida ishtirokchi“, „SSSR koʻmir sanoati aʼlochisi“ va „SSSR kinematografiyasi aʼlochisi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Значение слова гуламов“. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
  2. „ГУЛАМОВ Расул Гуламович“. www.centrasia.org. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.
  3. „Гуламов“. www.familio.org. Qaraldi: 9-noyabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

http://www.uzbekkino-ussr.asia/rasul-gulamov.html