Ziyo Niyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ziyo Niyozov (1903-yil, Toshkent, Rossiya imperiyasi – 1975-yil oktyabr) – sovet partiya va xoʻjalik arbobi. Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasining birinchi boshligʻi.

Ziyo Niyozov
Tavalludi 1903-yil
Vafoti 1975-yil oktyabr
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi SIKP

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyo Niyozov 1903-yilda Toshkentda mardikor oilasida tavallud topgan[1].

1918-yilda rus maktabda uchinchi sinfgacha oʻqigan va 1921-yilda yangi uslubdagi „Turon“ oʻzbek maktabini tugatgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyo Niyozov 1921-yil iyundan 1926-yil noyabrgacha otasining hunarmandchilik ustaxonasida bolgʻachi, 1926-yil dekabrdan esa ishsizlar jamoasida bolgʻachi boʻlib ishlagan.

1928-yil fevral oyida „Glavxlopka“ bosh boshqarmasi mexanik ustaxonalarida temirchi boʻlib ishlagan. 1931-yil sentabrdan „Tashselmash“ zavodida usta, temirchilik sexi boshligʻining yordamchisi, 1933-yil dekabrdan shu zavodda temirchi boʻlib faoliyat olib borgan.

Partiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niyozov 1930-yil iyul oyida SIKP(b) aʼzoligiga nomzod, 1931-yil apreldan esa partiya aʼzosi boʻldi.

1935-yil oktabrda „Tashselmash“ partiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari hamda 1937-yil sentabrdan esa uning kotibi lavozimida ishladi.

Ziyo 1938-yil mart oyida Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Markaziy Ijroiya tashkiliy qoʻmitasining raisi etib tayinlandi. U bu lavozimda sentyabrgacha ishladi, shundan soʻng Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining 3-kotibi etib tayinlandi[2]. Ziyo bu lavozimda 1939-yil fevralgacha qoldi[3].

Niyozov 1939-yil sentabrdan 1941-yil dekabrgacha Moskvadagi Butunittifoq sanoat akademiyasining tayyorlov boʻlimida tahsil oldi.

1941-yil dekabrdan 1942-yil oktyabrgacha va 1943-yil maydan 1944-yil aprelgacha Toshkent shahar Kuybishev tuman ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari boʻlib ishladi.

Ziyo Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 1 va 2-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Soʻnggi yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niyozov nogironligi sababli 1944-yil apreldan 1947-yil sentyabrgacha ish faoliyatini olib borolmadi. 1947-yil sentyabrda Toshkentdagi sanoat zavodiga direktor etib tayinlanadi. 1949-yil dekabr oyida „Tashselmash“ga qaytib keldi va u yerda temirchilik sexiga brigadir boʻldi.

1958-yil may oyida nafaqaga chiqdi va Toshkentda yashadi.

Niyozov 1975-yil oktyabr oyida vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „НИЯЗОВ Зия | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  2. Филиппов С. Территориальные руководители ВКП(б) в 1934—1939 гг. Справочник. М. : РОССПЭН, 2016. 
  3. „Ниязов, Зия“. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.