Vali Haydarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vali Haydarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1907
Toshkent, Sirdaryo viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, [{Rossiya imperiyasi]]
Vafoti 1993-yil 21-aprel
Oʻzbekiston
Taʼlim Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Tarix fakulteti)
Partiya maktabi (Moskva)
Kasbi siyosatchi
Mukofotlari

Vali Haydarov (1907-1993) — sovet iqtisodiyot, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1907-yilda Toshkent, Sirdaryo viloyati, Turkiston general-gubernatorligida tugʻilgan. KPSS aʼzosi. 1930-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1930-1962-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Pop va Yangiqoʻrgʻon tuman komitetlarining birinchi kotibi, Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Uychi va Uchqoʻrgʻon tuman komitetlarining birinchi kotibi boʻlgan. 1962-yil iyul oyida Oʻzbekiston Kompartiyasi MK plenumining qarori bilan Namangan hududiy ishlab chiqarish kolxoz-sovxoz boshqarmasi viloyat qoʻmitasining partiya tashkilotchisi lavozimiga oʻtkazildi.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi Farmoni bilan sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilgʻor tajribalardan keng foydalanilgani, erishilgan yutuqlari uchun paxta xomashyosidan yuqori va barqaror hosil olish uchun Haydarov Vali Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlangan.

1973-yilda nafaqaga chiqqanidan keyin Namangan paxta tozalash zavodiga direktor etib tayinlandi.

2—8-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.

U uchta Lenin ordeni, Oktyabr inqilobi ordenlari, ikkita Mehnat Qizil Bayroq, Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

1993-yil 21-aprelda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Нуритдин Акрамович Мухитдинов. Мои годы, проведённые в Кремле. 
  • Xaydarov
  • Xaydarov
  • Xaydarov