Sharof Rashidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharof Rashidovich Rashidov
Fayl:Sharaf Rashidovich Rashidov bio.JPG
Flag of Uzbek SSR.svg OʻzSSR bosh kotibi
Tavallud sanasi: 6-noyabr, 1917-yil(1917-11-06)
Tavallud joyi: Jizzax, Samarqand oblasti
Vafot sanasi: 31-oktabr, 1983-yil(1983-10-31)
(65 yoshda)
Vafot joyi: Toshkent, OʻzSSR

Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-oktabr e.h. boʻyicha ) 191731-oktabr 1983) — sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi.

Rashidov siyosatga qadar[tahrir]

Sharof Rashidov Oktyabr Revolyutsiyasidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan.

Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937—41-yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yoʻli» gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan.

1941—42-yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Oʻzbekistonga sovet-german frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943—44-yillarda «Lenin yoʻli» gazetasida muharrir. 1944—47-yillarda Oʻzbekiston KP(b) Samarqand viloyati qoʻmitasi kotibi. 1947—49-yillarda «Qizil Oʻzbekiston» respublika gazetasida maʼsul muharrir.

Rashidov siyosiy arbob sifatida[tahrir]

Toshkentdagi Sharof Rashidov haykali

1949—50-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950—59-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi oʻrinbosari. 1959-yil mart oyidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. KPSS XIX-XXIV syezdlari delegati; 1956-yildan MK aʼzoligiga nomzod, 1961-yildan KPSS MK aʼzosi; 1961-yildan MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, 1966-yil aprelidan KPSS MK Siyosiy burosi aʼzoligiga nomzod. III-X chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati; 1970-yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi.

Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan.

Rashidov yozuvchi sifatida[tahrir]

1945-yili Sharof Rashidovning — «Mening nafratim» nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi. «Gʻoliblar» povestida (1951) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi; xuddi shu mavzu «Kuchli boʻronlar» romanida (1958) ham rivojlantiriladi. 1964 yilda nashr qilingan «Buyuk toʻlqin» romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushidda koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. «Kashmir qoʻshigʻi» romantik povestida (1956) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi. 1950-yili Rashidovning publitsistik maqolalaridan iborat «Tarix kelishuvi» nomli toʻplami, 1967-yili «Doʻstlik ramzi» nomli kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb muammolariga bagʻishlangan.

Paxta ishi[tahrir]

Unbalanced scales.png Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsil maʼlumot uchun munozarani ko'ring.

Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi.

Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati "qoʻshib yozish" (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Hozir biz shuni tahmin qilishimiz mumkinki, oʻsha "qoʻshib yozishlar" 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi.

Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos "oʻzbek ishi" degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Gdlyan va Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Ommaviy qamoqqa olishlar orasida shunday holatlat bor ediki, oddiy kolxoz raisi oltinlarga toʻldirilgan xonalarga ega edi.

Bugungi kun nuqtai nazari bilan qaraganda, prokuror Gdlyanning fikrlari toʻgʻriga oʻxshab tuyuladi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. "Oʻzbek ishi" natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi.

Hozirgi kunda mustaqil Oʻzbekistonda Sharof Rashidovning nomi hurmat-eʼtibor bilan esga olinadi. Oʻzini kuchli rahbar va mohir diplomat sifatida koʻrsata olgan oʻzbek xalqining qahramoni kamchiliklarga toʻla sovet boshqaruv tizimini oʻzbek xalqining oʻlchab boʻlmas rivoji uchun yoʻnaltirgan.

Rashidov haqida zamondoshlari[tahrir]

V.Boldin (M.Gorbachyov yordamchisi va KPSS MK boʻlim boshligʻi) — Rashidov haqida.

"Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat qilardi: «Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi». Gorbachyov esa: «Baribir koʻproq topshiringlar». (Kommersant — Vlast, 15 may 2001, 61 bet.).

.