Pliotsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pliotsen (yun. pleion — nisbatan koʻp sonli, koʻproq va kainos — yangi) — neogen sistemasi (davri) ning yuqori boʻlimi, Yerning geologik tarixidagi neogen davrining soʻnggi epoxasiga toʻgʻri keladi. P. 2 mln.dan 7 mln. yilgacha boʻlgan vaqgni oʻz ichiga oladi. P.ni 1833-yilda Ch. Layel ajratgan. Fargʻonada baqtriya seriyasi ajratiladi, u, oʻz navbatida, togap va andijon svitalaridan tarkib topgan. Oʻzbekistonning jan.-gʻarbida va Surxondaryo viloyatida gʻuzor svitasi ajratilgan. P. yotqiziqlari gil, qum, qumtosh, alevrolit va h.k. jinslardan iborat. P. yotqizikdarida yirik neft konlari ochilgan: maye. Fargʻonaning janubidagi Boʻston, Andijon, Xoʻjaobod, Polvontosh, shimolida Moylisuv, Izboskan va boshqa konlar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil